Yaqin qarindoşlar uçun işonçnoma bekor qilingani yolğon
Yaqin qarindoşlar maşinani işonçnomasiz ham boşqarsa böladi, degan gaplar YOLĞON
Qonunçilik muammolari instituti bugun ayrim saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda avtotransport vositasidan foydalanişda yaqin qarindoşlar uçun işonçnoma oliş tizimining bekor qilinganligi haqida tarqatilayotgan maʼlumotlarning asossizligi töğrisida rasmiy maʼlumot berdi.
Xabarda aytilişiça, avtotransport vositasidan foydalanişda yaqin qarindoşlar uçun işonçnoma oliş tizimi hozir ham amalda bölib turibdi va bekor qilinmagan.
XULOSA: tağin işonçnoma kerak emas ekan, “otmen” bölibdi degan notöğri xayol bilan jarima tölab yurmang.
Unaqada tarqalgan qaror nimani anglatadi?
Avvalo qaror sanasiga qarasangiz, u 1-mart kunda imzolanganini köriş mumkin. Kimdir eski narsani topib olib, tarqatsa, işonib ketaveriş kerak emas.
Şuningdek, faqat kanallar yozgan izohni emas, qarorning özini öqib körgan odam işonçnoma bekor bölmaganini, gap şunçaki loyiha haqida ketayotganini bemalol tuşinib olişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
