Deputatlarning maşina pardalari böyiça taklifiga munosabat
Deputatlarning maşina pardalari böyiça taklifi haqida
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayevning xabar qilişiça, bir guruh deputatlar tomonidan vakolatli davlat organlariga haydovçining örindiğidan taşqari örindiqlar soni 8 tadan oşmaydigan avtotransport vositalari uçun ikki yoniga örnatilgan orqa tomon körinişini taʼminlaydigan taşqi közguni HAYDOVÇINING ÖRNIDAN KÖRIŞGA halaqit bermagan HOLDA ORQA VA YON OYNALARIGA ÇIY PARDA YOKI DARPARda örnatişga BEPUL ASOSDA ruxsat berişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritiş haqidagi takliflar taqdim etilibdi.
4 nafar deputatlarimizning uşbu taklifi hamda kezi kelganda jasorati tahsinga sazovor. Köp ming sonli xalqning dardini yozişibdi. Yuzlab "soqov" deputatlarimiz orasida barmoq bilan sanarli taşabbuskorlari borligiga ham şukr.
Ammo 2 ta jihatdan ularning fikriga eʼtirozim bor:
Birinçidan, orqa va yon oynalarga pardaga ruxsat berişni söralgani ğalati, çunki qonunçilikda bunga TAQIQ YÖQ! Orqa oyna böyiça qoidalarda "RUXSAT BERILADI" deb aniq va tiniq yozib qöyilgan. Orqa oynasiga tim qora parda örnatganlarga ham heç kim jarima solmaydi. Bunda muammo yöq.
Yon oynalarga kelsak, orqa eşikka parda örnatiş böyiça ham qonunçilikda taqiq yöq. Bu haqida Kun.uzdagi maqolamda batafsil yozganman.
https://t.me/xushnudbek/2602
Demak, orqa eşikka va orqa oynaga parda örnatiş uçun qonunçilikda taqiq yöq ekan, unda nima uçun yana ruxsat berişni söraş kerak, şunisiga tuşunmadim. Amerikani qayta kaşf etişga öxşab qolyapti bu.
Mening fikrimça, masalaga boşqaçaroq yondoşiş kerak.
Muammo nimada? Muammo şundaki, qonunçilikni notöğri talqin qilişi natijasida yöl patrul xizmati inspektorlari orqa eşikka parda örnatiş mumkin emas, degan noqonuniy talabni qöyişadi va maʼmuriy bayonnoma tuzişadi. Maʼmuriy sudlar esa masalani yuzaki körib çiqib, haydovçilarga maʼmuriy jazo tayinlaşadi.
Şu sababli deputatlarimiz eng avvalo Oliy sudga sörov yuborişlari kerak. Oliy suddagi masʼullar uşbu masalani qonunçilik nuqtai nazaridan batafsil körib çiqib, barça maʼmuriy sudlarga orqa eşikka parda örnatganlarni javobgarlikka tortiş masalasiga oid tuşuntiriş, yönaliş berişi lozim.
Şuningdek, YHXBBga sörov çiqarib, qaysi asosga köra orqa eşikka parda örnatganlarga maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilayotgani haqida tuşuntiriş söraş kerak.
Lekin zinhor orqa va orqa yon oynalarga parda örnatişga ruxsat söraş kerak emas! Çunki ruxsat bor! Qonunçiligimiz buni taqiqlamaydi! Deputatlarning ruxsat sörab yozgan sörovi aksinça ularning tegirmoniga suv qöyadi.
Old yon oynaga parda örnatişga ruxsat berişni söraş – bu mantiqiy. Çunki haydovçining yonidagi oynalarga parda örnatiş qonunçilik böyiça ham mumkin emas, bunisi töğri.
Ikkinçi eʼtirozim esa, deputatlar eng avvalo özlari qabul qilgan qonunni qayta körib çiqişlari kerak. Orqa eşikka parda örnatganlik uçun 5 mln söm (1-avgustdan 5 mln 500 ming söm) jarimani qaysi vijdon bilan tasdiqlaşgani menga qoronğu. Bu heç qaysi mantiqqa töğri kelmaydi.
Bor gap şu...
P.S.: Parda haqidagi maqolam çiqqaniga salkam 2 hafta böldi. YHXBB Matbuot xizmati uşbu maqolaga tez orada rasmiy munosabat berilişini taʼkidlagan edi. Hozirça uşbu munosabatni intiqlik bilan kutyapmiz. Va duo qilamizki, zora masʼullarga insof kirib, xalq foydasi uçun ijobiy töxtamga kelişsa...
👉 @xushnudbek 👈

