Oliy sud maşina oynasiga parda taqişni qonuniy deb topdi

Matn25-avgust, 2020, 17:402 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Parda haqidagi Oliy sud qarori töğrisida ikki oğiz

Bugun bir guruh avtoblogerlar Oliy sud maşinaning orqa yon oynasiga parda taqişni huquqbuzarlik emas deb topgani haqida xabar berişdi. Haydovçi Botir Baxranov ança avval unga nisbatan tuzilgan maʼmuriy bayonnoma ustidan şikoyat qilib sudlaşgandi. Tuman sudida yutgaç, Içki işlar organlari xodimlari bu qaror ustidan viloyatga şikoyat qilişdi. Viloyatda yutqazgaç, Oliy sudga şikoyat qilişdi. Va mana Oliy sudda ham yutqazişdi.

Bu xabardan zarraça hayron bölganim yöq. Çunki şundoq ham körga hassadek körinib turgan narsa edi, sudyalarimiz ana şunday qaror qabul qilişiga 99% işongandim.

Parda bilan boğliq voqealar rivoji ançayin qiziqarli.

Dastlab orqa yon oynaga parda taqiş qonunda taqiqlanmagani, bemalol taqib yuriş mumkinligi haqida 1 yil oldin maqolam çiqqandi va öşanda barça yuridik jihatlarini tuşuntirib berişga harakat qilgandim.

Ötgan yildan buyon parda böyiça köplab haydovçilarimiz sudlaşdi va ğalaba qozonişdi. Jarimalarni qaytarib olişdi.

Sudlarda ketma-ket mağlubiyatga uçraşni boşlagaç, masʼullar nomardlik yölini tanlaşdi. Tonirovkaga oid jarima jazosini kuçaytiriş bahonasida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga pardani taqiqlovçi qoidani kiritmoqçi bölişdi. Imi-jimida xalqni közini şamğalat qilib, ötkazib olamiz deb öylaşgan şekilli. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda dod-voy qilganimizdan keyin, bu loyiha tasdiqlanmadi.

Şundan söng IIVning yangi tayinlangan matbuot kotibi Şoxrux Giyasov pardaga taqiq - mantiqsiz qaror ekanligini taʼkidladi.

Ammo IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasidagi masʼullar yuqoridagi oddiy haqiqatni tan olişni istaşmadi. Aniqroği qonunni tuşunişni xohlamadi yoki bunga aqli yetmadi. Fuqarolarning tinkai madorini quritib, ular bilan sudlaşdi. Oxir-oqibat şarmandalarça barça sudda yutqazdi.

Boşqaça aytganda ular yerning törtburçakligiga hammani işontirmoqçi bölişdi. Afsuski bunga na sud, na odamlar işondi.

Bugungi Oliy sud qarori garçi butun boşli parda masalasida emas, faqat birgina haydovçiga qöllangan maʼmuriy jarima yuzasidan bölsa-da, ammo bu yaxşi signal. Har holda Oliy sud darajasida yer dumaloqligi rasman tasdiqlandi degani.

Qissadan hissa şuki, bemalol maşinaning orqa yon oynasiga parda taqiş mumkin. Bunga ilgari ham heç qaçon taqiq bölmagan. Ammo qonunlarni yaxşi tuşunmaydiganlarning kasriga uzoq yillar davomida yuzlab, balki minglab haydovçilarga nohaq jarimalar qöllangan. Işonamizki, endi bundan buyon orqa yon oynaga örnatilgan parda uçun heç kimga jarima qöllanmaydi. Mabodo sizga jarima qöllaşsa, unda öylab ötirmay sudga bering. Haqqingizni talab qiling.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek