Maşina orqa eşigiga parda örnatiş va qonunçilikdagi özgarişlar

Matn3-oktabr, 2019, 17:353 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Öyinçoq qonunlar. «Lazeykaşunoslar» yana bir bora xalqqa qarşimi?

Maşinalarning orqa eşigiga parda örnatiş masalasi bir neça oylardan buyon yurtimizning turli hududlaridagi sudlarda muhokama bölayotganidan xabaringiz bor. Garçi qonunçiligimizda orqa eşikka parda örnatişga ruxsat berilgan bölsa-da, lekin Içki işlar vazirligi hamda uning Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi buni tan olmasdan, yaʼni boşqaça qilib aytganda qonunlarni özlari tuşunmasdan, xalqning ahvolini oğirlaştirib, ularga noqonuniy jarimalar soliş bilan şuğullanmoqda.

Ammo yaxşiyam yurtimizda odil sudlov bor. Bir neçta sudlarda ayni şu parda masalasida fuqarolar haqligi, içki işlar esa nohaqligi rasman belgilandi.

Yiqilgan kuraşga töymas deganlariday, içki işlar mağlubiyatiga çidolmasdan kassatsiya instansiyasiga şikoyat qildi. Lekin keça Buxoro viloyat Maʼmuriy sudida içki işlar yana bir bor yutqazdi. Yana oddiy xalq ğolib çiqdi, orqa eşikka parda örnatiş qonuniyligi yana bir bor tan olindi.

Bunday vaziyatda Içki işlar vazirligi öta nomardlarça, ammo köpçilik kutgan yölni tanladi. Yaʼni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 126-moddasiga özgartiriş kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqdi:

regulation.gov.uz/uz/document/8654

Vazirlik qonun loyihasida «haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatiş» degan jumlani şunçaki «tevarak-atrofni körişni çeklaydigan» deya özgartirişni taklif qilmoqda. Yaʼni «haydovçining örnidan» degan sözni sekingina çiqarib taşlaşmoqçi.

Agar şu qonun tasdiqlansa, unda xalqning yana bir huquqi, yaʼni maşina orqa oynasiga parda taqiş imkoniyati çeklanadi.

Bu nima degani?

Bu şuni anglatadiki, Içki işlar vazirligi yana bir bora xalq manfaatlari uçun emas, balki xalqqa qarşi bölgan takliflarni bildirişda davom etmoqda.

Avval xuddi şunaqa işni propiska mavzusida ham körgan edik. Sababi ular propiska masalasida önlab sudlarda mağlubiyatga uçradi, sud tomonidan içki işlar organlarining oğzaki va yozma topşiriqlari bir neça bor rasman noqonuniy deya eʼtirof etildi. Buning ortidan içki işlardagi mutasaddilar uyalmasdan qonunçilikda xalq foydasiga işlaydigan qoidalarni «lazeykalar» deb atadi va ularni qonunçilikdan çiqariş, yaʼni xalqning ahvolini oğirlaştiriş böyiça takliflar işlab çiqdi.

Mana, endi xuddi şu holat parda masalasida ham takrorlanmoqda.

Qiziq, bu taşkilotda kimlar işlaydi özi?

Davlatning birdan-bir manbai bölgan özbek xalqi uçun sidqidildan xizmat qiladigan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, qonunlarni aniq va bir xilda sözsiz bajaradigan, xalq uçun kerak bölsa jonini ham fido qilişga tayyor bölgan vatanparvar xodimlarmi?

Yoki qonunlarni tuşunmaydigan, ularni notöğri talqin qiladigan, qonunga xilof topşiriqlar berib, xalqning ahvolini oğirlaştiradigan, sudlarda ketma-ket mağlubiyatga uçragaç, alamidan qonunçilikka xalq manfaatlariga qarşi bölgan özgartiriş kiritişni taklif qiladiganlarmi?!

Qonunlar şunçalik öyinçoqmi? Aslida davlat taşkilotlari qonunlarga böysunişi, ularga moslaşişi kerakmasmi? Nima uçun qonunlar davlat taşkilotlariga moslaşyapti?

Buxorolik haydovçi parda masalasida özining haqligini isbotlaş uçun beş oy vaqt sarfladi! Beş oy! Şu vaqt içida öşa fuqaro qança asab, qança mablağ sarflaganini tasavvur qilyapsizmi? Nima uçun xalq bu darajada qiynalişi kerak? Qonunni tuşunmaydigan ayrim rahbarlarni debmi?

«Xalq manfaati barça narsadan ustun» degan şiorlar içki işlar tizimida muz kabi erib, yöq bölib ketdimi unda?!

Sözim sönggida tegişli mutasaddilarga qarata aytmoqçiman:

Bu mansab, bu lavozim va özi umuman bu dunyo hammadan ötadi. Heç kim umrboqiy rahbar yoki inson emas. Kelinglar, şu muvaqqat rahbarlik davringizda «yana nima qilsak, xalqqa oğirroq böladi, qonunçilikdagi yana qaysi lazeykalarni yopsak fuqarolarning zarariga işlaydi?» degan prinsip bilan işlamasdan, balki aksinça, «yana nima qilsak, xalqqa köproq foyda böladi, yana nima qilsak ularning oğiri yengil böladi?» degan şior bilan yaşang.

Har holda vijdonli insonlar şunday qilgan bölar edi. Yana ham tanlov özingizda. Sizlarni vijdonli insonlar ekanligingizga çin dildan işongim keladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 16
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek