Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Tonirovka narxi va jarimalarining mantiqsizligi haqida

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0tahrirlangan

Ayb faqat fuqarolardami? Balki mantiqsiz qonunlarni özgartiriş payti kelgandir?

Içki işlar organlari xodimlari ustiga maşinasini haydagan fuqaro haqida YHXBB eʼlon qilgan videodan maʼlum böldiki, 23 yoşli haydovçi Lasettisining old yon oynalari ruxsatsiz tonirovka qilingani uçun qörqib, eşiklarini yopib olgan va keyin odamlarning gijgijlaşi sabab maşinani xodimlar ustiga haydagan.

Ha, şubhasiz u 2 karra qonunni buzdi. Ham ruxsatsiz tonirovka, ham hokimiyat vakiliga böysunmaslik. Boşqalarga dars bölişi uçun ham jazoga tortilişi deyarli aniq. Biz ham bu kabi holatlarni qoralaymiz va fuqarolardan qonunga itoatkorlikni, odamlar hayotiga bu kabi xavf solmaslikni, hokimiyat va organ vakillarining qonuniy talablariga rioya qilişni sörab qolamiz (masalan, AQŞda agar haydovçi politsiya ustiga maşina haydaganda, ogohlantirmasdan öqqa tutişgan bölardi, yaxşiyam bizda unaqamas).

Ammo keling, oqibatlar haqida emas, sabablar haqida gaplaşib köramiz.

❓Xöş, öşa Lasetti haydovçisi nega bunçalik qörqib ketdi? Masalan, oddiy kamar taqmaganida yoki suğurtasi bölmaganda bunçalikka bormasdiku, töğrimi?

✅ Javob: çunki Özbekistonda ruxsatsiz tonirovka örnatganlarga öta yuqori jarima qöllanadi. Hatto qizil çiroqda ötgan yoki 70 km/soat belgilangan joyda 180 tezlikda yurgan qoidabuzarlarga ham bunçalik jazo yöq.

🤦‍♂️ Endi özingiz öylang, jamiyat uçun qaysi biri köproq xavf keltiradi? Tonirovka şunçalik katta xavf ekan, unda nega pul tölasa mumkin? Pul tölaganlar jamiyat uçun xavfsizu, lekin tölamaganlar uçiga çiqqan muttahammi?

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda yöl harakatiga oid faqat 2 tagina qilmiş uçun eng yuqori 40 "minimal", yaʼni 10,8 mln söm jarima belgilangan. Bundan katta jarima yöq. Bular:

1)transportni boşqariş huquqi bölmagan şaxs mast holda maşina haydasa;
2)tonirovkani takroran ruxsatsiz örnatsa.

Ilk marta ruxsatsiz tonirovkaga 6,75 mln söm jarima qöllanadi, bu mast holda maşina haydaş jarimasi bilan bir xil.

🤔 Şu örinda boşqa savol ham tuğiladi. Xöp, bu quloqsiz va madaniyatsiz haydovçilar tonirovkani tegişli ruxsat bilan örnatsa bölmaydimi? Nega ular tonirovka uçun qonunni buzadi? Qonunlarga hurmat qani?

Yaxşi va mantiqli savol, albatta. Keling, endi şu joyda yana oqibat haqida emas, sabablar haqida çuqurroq öylab köramiz.

❓Nega haydovçilar tonirovkani ruxsatsiz örnatadi?

✅ Javob: çunki tonirovka narxi mantiqsiz darajada öta qimmat.

Masalan, öşa yigit Lasettisining old yon oynasini tonirovka qiliş uçun naq 13,5 mln söm tölaşi kerak edi. Orqa yon oynalar uçun esa 1 mln 350 ming söm.

Oddiy soya uçun bunçalar baland narx belgilagandan keyin, aksariyat haydovçilar ruxsatsiz örnatişga harakat qilişi tabiiy. Mayli, kimdir zaruriyat uçun, kimdir maqtaniş uçun qilar, ammo fakt şuki, mantiqsiz qonunlarning özi fuqarolarni qoida buzişga provokatsiya qiladi. Masalan, soliqlar qançalik baland bölsa, hamma soliqdan qoçib, yaşirin bozorga ötib ketganidek.

🤷‍♂️ Endi sizda boşqa savol tuğilişi mumkin. Xöş, nima uçun özi narx va jarima bunçalar baland hamda haligaça pasaytirilmayapti?

Oh, bu ham juda bir joyida berilgan örinli savol böldi. rahmat sizga. Keling, yana oqibatlarni emas, sabablarni körib çiqamiz.

❓ Nima uçun haligaça tonirovka örnatiş narxi va jarimasi kamaytirilmayapti?

✅ Javob: çunki bundan Içki işlar vazirligi manfaatdor, ular har yili bir neça yuz milliard söm bundan daromad oladi. Şu sababli haligaça narx va jarimani tuşiriş varianti körib çiqilmayapti. Avval ham bu haqida yozgan edim. Uşbu pullarning bir tiyini ham respublika byudjetiga ötkazilmaydi, buning barçasi IIVning maxsus jamğarmasiga borib tuşadi.

2019-yil avgustdan 2020-yil yakuniga qadar IIVga tonirovka örnatişdan jami 302 mlrd 635 mln söm (salkam 29 mln dollar) pul tuşgan. 2021-yilda bu raqam yanada kattalaşgani aniq.

Xöş, yöq joydan şunça pul tuşib tursa, kim ham bunaqa tilla tuxum tuğadigan ğozni berib qöygisi kelardi?

Köryapsizmi, barçasi bir-biriga çambarças boğliq. Ayb faqat fuqarolarda emas, mantiqsiz qonunlarga ham bir qarab qöyaylik. IMHO.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 8
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek