Hayvonlarga şafqatsizlik uçun javobgarlik kuçga kirdi

Matn29-noyabr, 2021, 17:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun javobgarlik kuçga kirdi

Prezident şu yilning 25-avgustida imzolagan qonun bilan hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik joriy etilgan edi. Mazkur qonun şu yil 27-noyabridan kuçga kirdi.

Endilikda MJtKning 111-moddasiga köra hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş, yaʼni ularni qiynoqqa soliş va ularga azob beriş 1 mln 350 ming sömgaça jarima solişga sabab böladi.

Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror yoki voyaga yetmagan şaxs hozirligida sodir etilsa yoki hayvonlarning ölimiga yoxud mayib bölişiga olib kelsa, —

2 mln 700 ming söm jarima solişga yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.

Şuningdek, Jinoyat kodeksining 202-1-moddasiga köra, hayvonlarni ölimiga yoki mayib bölişiga olib keladigan qiynaş yoki azob beriş, şunday qilmiş uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa 6 oygaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek