Madaniy merosga zarar yetkazganlik uçun jazo kuçaytirildi
Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uçun jinoiy javobgarlik kuçaytirildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (ÖRQ–754, 15.02.2022 y.) bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qiliş, buziş yoki ularga şikast yetkaziş:
➖ takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
➖ köp miqdorda zarar yetkazgan holda;
➖ bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa, 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin.
Öşa harakatlar juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şuningdek, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ham özgartiriş kiritilib, madaniy meros agentligi va uning hududiy boşqarmalari körsatmalarini bajarmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Bu kabi huquqbuzarlik:
➖ fuqarolarga BHMning 3 baravarigaça (810 ming sömgaça);
➖ mansabdor şaxslarga esa 5 baravarigaça (1 mln 350 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
- 👍 603



