Jinoiy javobgarlikni bekor qiliş taklif etilmoqda
Bir qator qilmişlar uçun jinoiy javobgarlikni bekor qiliş taklif etilmoqda
Içki işlar vazirligi tomonidan muhokama uçun eʼlon qilingan loyihaga köra, quyidagilar taklif qilinmoqda:
Birinçidan, Jinoyat kodeksining 109-moddasida belgilangan qasddan badanga yengil şikast yetkaziş jinoyatini kodeksdan çiqarib, uşbu qilmişni sodir etgan şaxslarni faqat maʼmuriy javobgarlikka tortiş taklif etilmoqda.
Masalan, 2018-yilda JK 109-moddasi böyiça 1512 ta jinoyat işi qözğatilgan bölib, şundan 311 tasi (20.5 %), 2019-yilning 10 oyida esa 771 ta jinoyat işi qözğatilgan bölib, şundan 122 tasi (15.8 %) taraflarning yaraşganligi munosabati bilan tugatilgan. Yaʼni şundoq ham köpçilik bunday vaziyatda yaraşib olişni maʼqul körmoqda.
Menimça, mazkur özgariş ijtimoiy xavfi katta bölmagan va maişiy turmuşda tez-tez uçrab turadigan qilmiş uçun jamiyatda «sudlangan» yoki «jinoyatçi» degan tamğa bosilgan şaxslar soni köpayib ketişining oldini oladi.
Ikkinçidan, belgilangan tartibni buzib çet elga çiqqan yoki Özbekistonga kirgan şaxslarni hozirgiga öxşab birinçi martasidayoq jinoiy javobgarlikka tortmaslik taklif etilmoqda. Bunda birinçi marta şu qilmişni sodir etganlarga avval maʼmuriy javobgarlik qöllanadi, kelgusida mabodo yana bir marta takroran sodir etsa, ana undan keyingina jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Bu ham juda yaxşi taklif, menimça. Sababi köpçilik fuqarolar uşbu jinoyatni qasddan emas, qoidani bilmaslik natijasida sodir etar edi. Yaʼni ular bugungi kunda özlari bilmagan holda jinoyatçiga aylanib qolişmoqda. Uşbu taklif maʼqullansa, bunday holatlarning oldi olinar edi.
Uçinçidan, hozirda haqorat qilgan şaxsga avval maʼmuriy javobgarlik qöllanib, yana takroran sodir etilsa, keyin JK 140-moddasi 1-qismi böyiça jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin. Mana şu qismni çiqarib taşlaş taklif etilmoqda. Yaʼni uşbu taklif maʼqullansa, haqorat qilgan şaxslar avval neça marta javobgarlikka tortilganidan qatʼi nazar har doim maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, jinoiy javobgarlik bekor böladi.
Ammo bu haqorat uçun jinoiy javobgarlik butunlay bekor bölganini anglatmaydi. Naşr qiliş yoki boşqaça usulda köpaytirilgan matnda yoxud OAVlar orqali haqorat qiliş JK 140-moddasi 2-qismi böyiça jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin. Bu öz kuçida qolmoqda.
Törtinçidan, bugungi kunda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş badanga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazişga sabab bölsa jinoiy javobgarlik belgilangan.
Içki işlar vazirligi bunday holatda badanga örtaça oğir şikast yetgan bölsa, aybdorni maʼmuriy javobgarlikka tortiş, agar oğir şikast yetgan bölsagina jinoiy javobgarlik qöllaşni taklif etmoqda. Statistika böyiça, badanga örtaça şikast yetganda şundoq ham köpçilik yaraşib ketar ekan.
❗️Yuqoridagi bandlarni körib çiqsak, heç qaysi holat uçun butunlay jazolaşni bekor qiliş taklif etilmayapti, şunçaki jinoiy iş oçib, sudlanganlarni köpaytirmasdan, maʼmuriy javobgarlik doirasida hal qiliş taklif etilmoqda. Bu yaxşi taklif.
👉 @xushnudbek 👈


