Chet davlatlar harbiy tuzilmalariga yollanish javobgarligi

Matn9-mart, 2022, 17:291 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekistonliklarning çet davlatlar harbiylaşgan tuzilmalariga yollanişi javobgarlikka sabab böladi

Rossiyaning Ukraina hududida harbiy harakatlar olib borayotgani ortidan ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston fuqarolarining ham uşbu davlatlarning harbiy bölinmalariga yollanayotgani haqida gap-sözlar tarqalmoqda.

Maʼlumot örnida aytiş joizki, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining çet davlatlarning harbiylaşgan tuzilmalariga yollanişi jinoiy javobgarlikka sabab böladi.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi birinçi qismiga köra yollaniş, yaʼni nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi —

beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga köra Özbekiston Respublikasi fuqarosining çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga:

➖ xizmatga kirişi — uç yilgaça axloq tuzatiş;
➖ xizmatga yollanişi — beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1005
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek