Prezidentni internetda haqoratlaş uçun javobgarlik belgilandi
Prezidentni internetda haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş uçun jinoiy javobgarlik belgilandi
Bugungi kunda amalda bölib turgan Jinoyat kodeksining 158-moddasida Özbekiston Prezidentini omma oldida haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş, şuningdek, matbuot yoki boşqa OAVlardan foydalangan holda uni haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilangan edi (rasmda körsatilgan).
Keça imzolangan qonun asosida mazkur moddaga qöşimça kiritildi. Yaʼni endilikda Özbekiston Prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet butunjahon axborot tarmoğidan foydalangan holda haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş ham jinoiy javobgarlikni keltirib çiqarişi belgilandi.
Boşqaça aytganda internetdagi har qanday post, video, audioxabar, rasm, kommentlarda Özbekiston Prezidentiga nisbatan haqorat yoki tuhmat bölsa, jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin.
Jazolar esa özgarmagan, oldingidek qolgan.
👉 @xushnudbek 👈


