Tuhmat va haqorat uçun jazoni yengillatiş taklif etildi
Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Jinoyat kodeksidagi tuhmat va haqorat bilan boğliq moddalarga özgartiriş kiritiş töğrisida takliflar bermoqda.
Asosiy urğu berilayotgan jihatlar:
1) har qanday şakldagi tuhmat yoki haqorat uçun ozodlikdan mahrum qiliş jazosining bekor bölayotgani töliq qöllab-quvvatlanadi;
2) Oddiy fuqaro haqorat qilsa, maʼmuriy javobgarlik belgilanadi, lekin jurnalist haqorat qilsa, jinoiy jazo qöllanadi. Mana şu jurnalistlar uçun alohida oğirlaştiruvçi qismni çiqarib taşlaş taklif qilinmoqda;
3) tuhmat va haqorat uçun jarima jazosi juda baland (umumiy holatda 44 mln, oğirlaştiruvçi holatda 133 mln sömgaça). Şuni keskin kamaytiriş taklif etilmoqda;
4) agar oddiy fuqaro xizmat burçini bajarayotgan şaxsni, masalan biror amaldorni haqorat qilsa, oğir jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Lekin amaldorlar oddiy fuqaroni haqorat qilsa, maʼmuriy javobgar böladi xolos. Şu sababli oddiy fuqaro uçun oğirlaştiruvçi jinoiy javobgarlikni bekor qiliş taklif etilmoqda.


