Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib
⚡️Qöşni davlatlardan öqişni köçiriş böyiça qöşimça maʼlumotlar
Davlat qabul komissiyasining 2020-yil 28-fevraldagi 13-son bayoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:
1️⃣ qöşni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga öqişi köçirilişi ruxsat berilgan talabalar soni taqsimoti OTMlar kesimida tasdiqlandi;
2️⃣ qöşni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida öqişini davom ettirmasdan, boşqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federatsiyasi va boşqa davlatlar) OTMlaridan öqişini öquv yilining yarmida köçirib ötgan talabalarning öqişi köçirilmaydi;
Bu nima degani?
Qöşni davlatlardan öqişni imtihonsiz köçiriş mumkinligi haqida xabar çiqqaç, Rossiya yoki Ukrainada öqiyotgan talabalar uddaburonlik bilan öz öqişini qöşni davlatga (asosan Qozoğiston) köçirib ötişgan edi. Ammo ular Qozoğistonda hatto 1 semestr ham öqişgani yöq. Ana şunday talabalar öqişini Özbekistonga köçira olişmaydi.
3️⃣ qöşni davlatlarning OTMlarida masofaviy taʼlim şakli böyiça va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning öqişini köçirişga ruxsat berilmaydi;
4️⃣ qöşni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga öqişini köçiriş faqatgina joriy yilda Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oşirilişi qatʼiyan belgilab qöyildi.
Bu nima degani?
Köpçilik joriy yildagi kabi öziga xos “amnistiya” har yili böladi, deb öylaşmoqda va şu sababli yozda qöşni davlatlarga oldingidan 10 barobar köp yoşlar öqişga ketişni reja qilib turişibdi. Uyoqqa imtihtonsiz öqişga kiramiz, keyin qişda öqişini imtihonsiz köçiramiz, deb öylaşayotgandi. Öşançun ham qarorda aniq belgilandiki, bunday aksiya faqat joriy yilda böladi, keyingi yillarda umumiy tartibda imtihon asosida öqişni köçiriş mumkin böladi.
5️⃣ qöşni davlatlardagi OTMlardan öqişni köçiriş natijalari uç kun muddatda tegişli OTMlarga yetkaziladi. Olingan maʼlumotlarga köra, jami 36 ming 400 nafardan köproq talabalarga öqişini 80 ta OTMga köçirişga ruxsat berildi.
👉 @xushnudbek 👈



