Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sergey Yejkov sudda Komil Allamjonovdan uzr söradi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Uzmetronom sayti asosçisi Sergey Yejkov sudda Komil Allamjonovdan uzr söradi

Agar yodingizda bölsa, bir neça yillar avval Şerzod Şermatov gazetada çiqqan maqolada özining şaxsiga nisbatan kamsitiş va yolğon bor deb hisoblab, bir jurnalistni sudga bergandi. Öşanda bu voqea rosa muhokama qilingan, çunki maqola muallifi ustoz jurnalistlardan bölib, katta hurmatga ega edi. Keyinçalik ular sudda kelişişgan, Şermatov daʼvodan voz keçgandi.

Bu voqeaga munosabat bildirganimda aytgandim, sud qanaqa qaror çiqarişidan, kim haq yoki kim nohaqligidan qatʼi nazar, asosiysi tanlangan usul töğri, buni olqişlayman, degandim. Sababi bizdagi mavjud yomon odatga köra, jurnalistning ustidan yopiq eşiklar ortida hukm öqiladi, telefon yoki boşqa vositalar orqali unga bosim qilinadi. Bunaqa usulda adolatni yuzaga çiqariş ehtimoli deyarli yöq. Ammo sudlaşiş — bu normal jamiyatlarda tan olingan oçiq va oşkor jarayon, munozaraning adolatli yeçimi.

Xullas, bu voqeani eslaganimning sababi, keça jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudida Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat)da nazarda tutilgan qilmişda ayblanayotgan Uzmetronom sayti asosçisi S.Yejkovning jinoyat işi böyiça ikkinçi sud majlisi bölib ötibdi.

Majlisda jabrlanuvçi Komil Allamjonov va sudlanuvçi Sergey Yejkov Uzmetronom saytida eʼlon qilingan «Brilliantoviy malçik» va «Sliv s dalnim pritselom» maqolalari yuzasidan öz pozitsiyalarini bildirgan.

Yejkov tegişli dalillarsiz materialni eʼlon qilganidan afsusda ekanligini bildirgan va sudda Allamjonovdan uzr söradi.

Öz navbatida, Allamjonov, uning maqsadi — Yejkovni jazolaş emas, balki özining haq ekanini isbotlaş bölganini, u bunga erişgani va öz arizasini qaytarib olişini bildirdi. U har qanday bahslar köçada, «podval»larda emas, aynan sudlarda hal qilinişi kerakligini taʼkidlagan.

P.S.: bu yerda nozik nuqtani ajratib olişimiz kerak. Davlat taşkilotlari özlari tomon yöllangan tanqidlar uçun jurnalistlarni sudga berişi normal usul emas. Gap şaxslarning şaxsiy hayoti, şaʼni va qadr-qimmati haqida bormoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek