Andijonda fastfuddan 37 kişi zaharlandi

Matn7-iyul, 2022, 11:211 daqiqa0 koʻrish

Andijonda fastfuddan 37 kişi zaharlandi

Keça, 6-iyul kuni 37 nafar bemor Qörğontepa tuman Yuqumli kasalliklar şifoxonasiga fuqarolar köngil aynişi, qusiş, boş oğriği va iç ketişi şikoyatlari bilan murojaat qilgan. Bemorlarga zaruriy tibbiy muolajalar ötkazilib, kasallik sabablari örganilganda ular ötgan 5-iyul kuni tuman markazida joylaşgan “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qaraşli ovqatlaniş şoxobçasidan nonburger sotib olib istemol qilgani maʼlum böldi.

Hozirda bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli. Bemorlarga “Ötkir gastroenterit” taşxisi qöyildi.

“FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qaraşli ovqatlaniş şoxobçasida epidemiologik suruştiruv işlari olib borilmoqda, 3 ta şoxobça faoliyati şu kuning özida vaqtinçalik töxtatildi va mahsulotlar tayyorlaş xonasi hamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib Qörğontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekşiriş uçun yuborildi.

Boş prokuraturaning maʼlum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek