Andijonda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan fuqaro vafot etdi

Matn13-iyun, 2020, 17:361 daqiqa0 koʻrish

Boş prokuratura rasmiy bayonoti

2020-yil 30-may kuni Respublika şoşilinç tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon şahar, Salohiyat köçasida yaşovçi fuqaro A.Abdukarimov tan jarohatlari bilan kelib tuşgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilib, şu kuni Andijon şahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Aniqlanişiça, IIB JQB tezkor vakillari iş yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.Abdukarimovni IIB maʼmuriy binosiga olib kelib, hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, noqonuniy ravişda uşlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilişiga sababçi bölgan.

A.Abdukarimov soğliği yomonlaşganligi sababli Andijon şahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.

Jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida 01.06.2020-yilda 3 nafar içki işlar xodimlariga nisbatan JKning 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Jabrlanuvçi A.Abdukarimovga şifokorlar tomonidan barça tibbiy yordamlar körsatilgan bölişiga qaramasdan u 11.06.2020-yilda vafot etgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek