Andijondagi YTHda 3 nafar talaba vafot etdi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0
Andijondagi YTHda 3 nafar talaba vafot etdi
Tezlikni oşiriş oqibatida 21-sentabr kuni Andijon şahri, Boğişamol dahasida ayançli yöl transport hodisasi sodir bölgan.
Treker avtoulovi içida bölgan 3 nafar talaba voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
P.S.: albatta, bu kabi fojialar Allohning inoyati bilangina sodir böladi, bunga şubha yöq. Ajali yetmasa 40 yil qiron kelsa ham paşşa ölmaydi. Lekin yon-atrofimizda belgilangan tezlikni oşiriş oqibatida şunça ayançli va qörqinçli hodisalar bölib turgan bir paytda, tezlik uçun jarimani kamaytirişni taklif qilişni hazm qila olmayapman.
Deputatlar qölida aniq raqamlar bormi, oxirgi 1 yilda neça nafar fuqaro 20-40 km/soat tezlikni oşirgani uçun jarima tölagan va bu öpkasini bosolmaydigan huquqbuzarlar umumiy aholining neça foizini taşkil qiladi?
Va xuddi şu davrda neça nafar fuqaro aynan tezlikni oşirişdan vafot etgan?
Ikkala raqamni soliştirib körib, xulosa qiliş kerak.
👉 @xushnudbek 👈

