Tibbiyot talabalariga iş haqi tölanişi maʼlum qilindi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganBir murojaat izidan
Andijon davlat tibbiyot institutining namanganlik talabalaridan şu kunlarda juda köplab maktublar oldim. Murojaatda aytilişiça, 200 nafardan oşiqroq talabalar Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalariga oylik iş haqi tölaş vaʼdasi bilan, öqişdan ajratilib, işga yuborilgan. Ammo bugunga kelib, ayrim şaxslar ularga oylik tölanmasligi, bu amaliyot ekanligini aytişmoqda.
Mazkur masalada Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyati bilan boğlanib, vaziyatga aniqlik kiritdim. Ularning maʼlum qilişiça, vaʼda öz kuçida, ularga albatta oylik iş haqi tölanadi. Faqat buni huquqiy tomondan asoslantiriş jarayoni biroz vaqt olgani uçun, oylik tölaş keçikkan. Uşbu masala vazirlikning jiddiy nazoratiga olindi, tez orada ijobiy natija bölişi aytildi.
Xullas, hurmatli talabalar, xavotir olmang, sizlarga albatta işlagan muddatingiz uçun oylik iş haqi beriladi. Biroz kutib turing, agar mabodo, yana natija bölmasa, xabar qilarsiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1767
