Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Muhammad Yusufning döppi haqidagi şeʼri

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzБугун Муҳаммад Юсуф таваллуд топган сана. Агар шоир ҳаёт бўлганида, бугун 68 ёшга тўлган бўлар эди. Муҳаммад Юсуфни севиб ўқимаган юртдошимиз кам бўлса керак.…

Hozirgina Kun.uz saytida yozuvçi va şoirlarning Muhammad Yusuf haqidagi xotiralarini öqib, mana bu şeʼr ham yodimga tuşib ketdi.

Döppi kiymay qöydi odamlar,

Bir şoir, bir nosirdan boşqa.
Soçlar silliq,
Silliq qadamlar,
U oğirlik qilyapti boşga…
Rost döppilar,
Yolğon döppilar,
Kinolarda qolğon döppilar.
Çust döppilar,
Anjon döppilar,
Munçoqdek Marğilon döppilar…

Döppi kiymay qöydi odamlar,
Bir şoir, bir nosirdan özga,
Men ham sizga berdim savollar,
Şlyapamni bostirib közga.

Döppi kiymay qöydi odamlar,
Köngil esa körmoq tusaydi.
Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga eʼtibor susaydi.

Döppi kiymay qöydi odamlar,
Na uyda va na köçada.
Mirtemirlar, Ğafur Ğulomlar
Yeçgan döppi qoldi tokçada…

Bu qandayin körgulik savdo,
Döppi kiymay qöydi xaloyiq.
Boşga loyiq döppi yöqdir yo —
Boş qolmadi döppiga loyiq.

Muhammad Yusuf

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 896
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi

    01 daqiqa

Yana oʻqing