Abdulla Oripovning sara şeʼrlari va yangi asari
Abdulla Oripovning köpçilik yoqtiradigan ayrim şeʼrlarini joylamoqçiman.
Aytgança, Abdulla Oripovning farzandlari tomonidan yuritiladigan va şeʼrlari berib boriladigan Telegram kanalda bugun adibning maʼlum sabablarga köra avval eʼlon qilinmagan yangi "Şarqiy Turkiston" şeʼri eʼlon qilinibdi. Kirib öqişingiz mumkin.
TILLA BALIQÇA
Tuxumdan çiqdi-yu, keltirib uni
Şu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Taşlandiq uşoq yeb ötadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda körgani şu tor hovuzça
Va gavjum tollarning aççiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqça
Bir kölmak hovuz deb bilar dunyoni!
MEN NEÇUN SEVAMAN ÖZBEKISTONNI
Men neçun sevaman Özbekistonni,
Tuproğin közimga aylab tötiyo.
Neçun vatan, deya yeru osmonin,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta ösmaydimi özga elda yo?
Yoki quyoşimi sevgimga sabab?
Axir quyoşli-ku, butun Osiyo.
Men neçun sevaman Özbekistonni,
Boğlarin jannat, deb köz-köz etaman.
Neçun ardoqlarkan tuproğini men,
Öpaman, tuproğing bebaho, Vatan!
Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng
Neçun bu tuproq, deb yiğladi Furqat,
O, Qaşqar tuproği, qaşşoqmiding sen?
Men neçun sevaman Özbekistonni?
Sababini aytgin, desalar menga.
Şoirona, gözal sözlardan oldin,
Men taʼzim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bölsaydi,
Qorliklarni makon etgan bölsayding,
Mehrim bermasmidim öşa muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,
Boğ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring çun
Sevgan farzand bölsa, keçirma aslo!
SEN BAHORNI SOĞINMADINGMI?
Uyğonguvçi boğlarni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonoğingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uçratmadim ammo özingni,
– Sen bahorni soğinmadingmi?
Uzoqlarda zalvorli toğlar
Xayolimni keldilar bosib.
Keçdi qança intizor çoğlar,
Vasling menga bölmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham ğarib,
– Sen bahorni soğinmadingmi?
Öngirlarda sakraydi ohu,
Naʼmatakda saʼva mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
– Sen bahorni soğinmadingmi?
Mana, bugun navrözi olam,
Döstlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam…
Qölimda gul, seni kutarman,
Umrim böyi çorlab ötarman,
– Sen bahorni soğinmadingmi?
ONA TILIM
Ming yillarkim bulbul kalomi
Özgarmaydi, yaxlit hamişa.
Ammo şörlik tötining holi
Özgalarga taqlid hamişa.
Ona tilim, sen borsan, şaksiz,
Bulbul kuyin şeʼrga solaman.
Sen yöqolgan kuning, şubhasiz,
Men ham töti bölib qolaman!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3199


