Erkin Vohidov she'rlaridan namunalar

Matn28-dekabr, 2018, 20:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Erkin Vohidov şeʼrlaridan qisqagina parça:

***

Zamon tez, fursat oz,
Har lahza ziqdir,
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.
Hayot yöli nadir? Qabr toşida,
Ikki sana aro qisqa çiziqdir.

***

Öris böldik rusdan ziyoda,
Muslim böldik arabdan ortiq.
Birni topsak yoruğ dunyoda,
Ön karrani qilamiz tortiq.

Içdik, çekdik, şöro yurtida,
Özdik barça oğalardan ham.
Yuzsizlikda oşmasak böldi,
Ovropalik toğalardan ham.

***

VATAN SOĞINÇI

Qay oliy makonga safar qilmayin
Qay yiroq sohilga eltmasin qismat,
«Assalomu alaykum» deya jilmayib
Bir özbek qondoşim qarşilar albat.

Bizlar Kolomboga qönganda sahar,
Ilk bor u qarşilab parvona böldi.
Şunda rutubatli , badböy bu şahar
Közimga çaraqlab Farğona böldi.

Madorasda tilmoç ul özbekzoda
Barobar sözlardi sakkiz tilda ham.
U oq xalat kiyib doruşşifoda,
Afğon bolasiga qöyardi malham.

Nur qasrini tiklab Furot uzra u
Arab xonasiga yoqardi quyoş.
Paxta östirardi Nildan olib suv,
Qalbida Afriqo filiça bardoş.

Misrda Yusufdek bölib körindi,
Yamanda u menga tuyuldi Hotam.
Bu ayon tuyğudir - na qilsa endi
Olovdek taşlanar közga öz odam.

Bukun olis yöldan qaytganim çoğda
Ilk satrimda sizni qildim muqarrar -
Ey, siz, jondoşlarim , yurtdan yiroqda
Yurtning xizmatiga boğlanar kamar!

Bilaman, ne azob yuki hijronning,
Ne darddur oy-yillar bölmoq intizor.
Bilaman, soğinçi Özbekistonning,
Közingiz tubida hamişa bedor.

U jahon içida bitta jahondir,
Bir körgan umrbod qilgusi havas.
Yerning tortiş kuçi yengmoq osondir
Ona- Yer mehridan uzilib bölmas.

Döstlarim, har qayda böling salomat,
Omon qayting uyga olis makondan.
Tilagim, heç qaçon, heç qaçon qismat
Bizni ayirmasin Özbekistondan...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Erkin Vohidov tavallud topgan kun

    01 daqiqa

  2. Abu-Dabida 10 ming kişilik palov damlandi

    02 daqiqa

Yana oʻqing