Abdulla Oripov tavalludining 81 yilligi

Foto21-mart, 2022, 22:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripovning tuğilgan kuni!

Ustoz şoirimiz agar hayot bölganlarida bugun 81 yoşga tölgan bölardilar. Bolaligimdan Abdulla Oripovning ijodini öqib katta bölganman va bu adabiyotga muhabbatimni oşirgan.

«Jannatga yöl» dostonini, «Haj daftari» turkumidagi şeʼrlarni, öta mohirona tarjima qilingan Dantening «Ilohiy komediya»sini bir neça martadan mazza qilib öqib çiqqanman. Hali men barça yaxşi biladigan «Özbekiston» qasidasiyu, «Onajon» monologi, «Men neçun sevaman Özbekistonni» yoki «Birinçi muhabbatim» kabi yuzlab şedevr şeʼrlar haqida indamayapman. Özi umuman har bir özbek kitobxoni albatta Abdulla Oripov ijodi orqali adabiyot ostonasidan ötişi kerak, deb öylayman.

Va bundan taşqari millatidan va tilidan qatʼi nazar har bir özbek yod olişi şart bölgan Abdulla Oripovning yana bir asari ham bor — bu Özbekiston madhiyasi!

Ustoz Abdulla aka haqida qança gapirsak oz. Xullas, Özbekistonning haqiqiy Qahramoni edilar. Uluğ adibimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1870
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek