Erkin Vohidov tavallud topgan kun munosabati bilan
Bugun, 28-dekabr, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun.
Ilohim, Erkin akaning ruhi poklari şod bölsin. Bunaqa buyuk şoirlar yana tuğiladimi, yöqmi, Allohga ayon.
Erkin Vohidov şeʼrlaridan qisqagina parça:
***
Zamon tez, fursat oz,
Har lahza ziqdir,
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.
Hayot yöli nadir? Qabr toşida,
Ikki sana aro qisqa çiziqdir.
***
Öris böldik rusdan ziyoda,
Muslim böldik arabdan ortiq.
Birni topsak yoruğ dunyoda,
Ön karrani qilamiz tortiq.
Içdik, çekdik, şöro yurtida,
Özdik barça oğalardan ham.
Yuzsizlikda oşmasak böldi,
Ovropalik toğalardan ham.
***
❗️XALQ NOIBLARIGA! (deputatlarga)
Sizni xalq tanladi, qilmadi suyuk,
Balki yelkangizga yuk ortdi buyuk.
Saylab oldi mardlar içra mardini,
Ado qilasizmi mardlik şartini?
Ertaga çiqqan çoğ baland minbarga,
Ayta olasizmi yurak dardini?
Azaliy odatni qilasizmi yo,
Yalpi qöl kötarib kelasizmi yo?
Noiblik nişonin taqqaç kökrakka,
Quloq solib köring bir bor yurakka.
... Ayni jasoratni kutar muhaqqaq,
Sizga umid bilan ovoz bergan xalq.
Xöp deb qayta bermang, nega, deb ayting,
Biz ham izzat nafsga ega, deb ayting.
Himmat bilan turing, bor deng arzimiz,
Tölab qöyaylik deng bölsa qarzimiz.
Döstlikning şartiga rioya bölsin,
Heç ğubor tuşmasin dil közgusiga.
Kamtar uluşimiz, ayting, qöyilsin
Jahon bozorining tarozusiga.
Ne bu jahon içra solmak köpkari,
Şart esa ketmaslik qoziqdan nari?!
... Sizga gap örgatmak şoir işimas,
Har biringiz Arbob, har biringiz Şaxs!
Dardni aytgan bilan dil bölmas xalos,
Gapni köp gapirdik, iş qoldi, xolos.
... Sizni el tanladi, qilmadi suyuk,
Balki yelkangizga yuk ortdi buyuk.
Siz elning egilgan qaddin kötaring,
Noib degan sözning qadrin kötaring!
👉 @xushnudbek 👈
