Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bağişlangan şeʼrlar

Matn18-avgust, 2018, 10:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Rahmatli Halima Xudoyberdiyeva şeʼrlari menga yoqardi. Ilk marta 8-sinf adabiyot darsligida körganman şekilli, hammasini yod olgandim. Ulardan betakror şeʼrlar abadiy meros bölib qoldi.
Ularning xotirasiga ayrim şeʼrlarini yana bir bor eslab ötamiz.

(Qisqa parçalar, töliq şeʼrlar pastdagi havolada berilgan)

Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, şafaqlari ol,
Qayon boqsang, şaylanişlar va sozlaşar tor.
Olça gulin közlaringga surtasan behol:
«Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor».

Onaginam!
Özing tortma davralardan, el çorlaganda,
«Tiriklikning bayrami», deb sozlanganda tor.
Özing sölğin lablar bilan piçirlaganday:
«Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor».

* * *

Oşiqlaring poyingta gul otib ham böldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham böldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham böldi,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Harir, xuşböy badaningda toşlar izi bor,
Kökragingda egilgan ne boşlar izi bor,
Quyoş izi, kuydirgan quyoşlar izi bor,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

* * *

Begim sizni tabiat raso qilib yaratgan,
Kimlarnidir öyçanu sizni kulib yaratgan.
Nogahon berib qöyib bu aqlni, kamolni,
Özi ham raşk, hasadda tölib-tölib yaratgan.

Özga tortmam çeksam ham şunça jabr-u jafoni,
Özgaga ham bermasman Sizdek bir bevafoni!
Begim, Sizni tabiat raso qilib yaratgan…

* * *

Men şunçaki öylagim kelmas,
Xayol — şarob misol qilsin sarxuş, mast.
Men şunçaki kuylagim kelmas,
Ovoz pardalarim çidab bersa bas.

Şunçaki yozmoq-çi, köngil tölmaydi,
Şunçaki yozmoqqa bormaydi qölim.
Şunçaki yozganga çidab bölmaydi,
Şunçaki yozmoq, bu — şoirga ölim.

Batafsil:
https://telegra.ph/Halima-Xudoyberdiyeva-sherlari-08-18

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Halima Xudoyberdiyeva vafot etdi

    01 daqiqa

  2. Davlat taşrifi lavhalari katta ekranlarda

    01 daqiqa

Yana oʻqing