Özbekistonda Haşar-2018 ijtimoiy aksiyasi ötkaziladi
Siz haşarda faol böling, biz buni TVda körsatamiz!
Haşar – elga yaraşar, deydi dono xalqimiz. Uyuşqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bölgan haşar xalqimizning ming yillar oşa qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi.
Barçamizga maʼlumki, Hukumat qaroriga asosan joriy yilning 18-19-avgust kunlari Özbekistonda umumxalq xayriya haşari ötkaziladi.
Şunga köra, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi haşar davomida xalqimizga yanada kötarinki kayfiyat ulaşiş maqsadida «Haşar-2018» ijtimoiy aksiyasini taşkillaştirmoqda.
Ijtimoiy aksiyada iştirok etiş uçun mahalla, korxona va taşkilotlarda yoki boşqa ijtimoiy obyektlarda olib borilgan umumxalq haşaridan foto yoxud videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda #hashar2018 heştegi bilan eʼlon qiliş kifoya.
Bundan taşqari foto yoki video fayllarni Telegramdagi @hashar2018 profiliga ham yuborişingiz mumkin.
Yuborilgan fotosurat va videolavhalar «Özbekiston 24» hamda MTRKning boşqa telekanallari orqali namoyiş etiladi.
Barçaga haşarda kuç-quvvat va ğayrat tilaymiz!
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

