Harbiylar farzandlariga imtiyoz abituriyentlarga foyda keltirdi

Matn17-avgust, 2018, 17:462 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Undan ham zör yangilikni aytaymi?

1-2 ball yetmay qolib, çiziqni tagida turgan köplab abituriyentlar talaba böliş baxtiga muyassar bölişdi. Qanday qilib deysizmi?

Harbiylarning farzandlari alohida ajratilgan davlat grantiga kirişdi. Yaʼni ular uçun umumiy kvotadan taşqari joy ajratildi, boşqalarga halaqit berişmaydi.

Aksinça ularning boşqalarga foydasi tegdi.

Gap şundaki, özi şundoq ham öqişga kirgan harbiylarning farzandlari alohida grant örinlariga çiqib ketdi. Natijada ularning joyi böşab qoladi va çiziqdan pastdagilar tepaga kötariladi.

Aniq misolda aytadigan bölsam, Yuridik universitetida ötiş çiziği 162,3 ball bölgandi.

Yuqorida TDYUUga 31 nafar harbiylarning farzandlari kirgani haqida maʼlumot berdim. Şu 31 nafar orasida şundoq ham kontrakt asosida öqişga kirganlar bor ekan. Endi ularni alohida budjet kvotasiga olib ötiş natijasida 4 ta joy oçildi va ötiş çiziğidan pastda turgan birinçi 4 ta abituriyent tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilindi. Endi ular heç qanday super-kontrakt haqida boş qotirib ötirmasa ham böladi.

Bu özgarişlar natijasida TDYUUda ötiş bali ham özgardi, yaʼni avvalgidek 162,3 ball emas, balki 162,0 ball böldi. Bu esa öz navbatida öqişga kira olmagan boşqa abituriyentlarga ham foyda keltiradi.

Masalan, 158,0 balldan 158,2 ballgaça töplagan 6 nafar abituriyentlar endi super-kontraktning 4 ballik hududga kiradi va avvalgidek 25 barobar emas, atigi 3 barobar kontrakt tölaydi. Boşqaça aytganda şu 6 nafar abituriyent 276 mln 450 ming emas, 33 mln 174 ming söm tölaydigan böldi. Harbiylarning farzandlariga berilgan imtiyozning foydasidan bu ))

Bu faqat birgina TDYUU misolidagi bitta holat. Bunday holat deyarli barça OTMlarda bölgani aniq.

Xullas, agar Siz 2-3 ball yetmasdan yiqilgan bölsangiz, unda results2018.dtm.uz sayti orqali natijalaringizni qayta tekşirib köring. Zora “TAVSIYA ETILMAGAN” sözlari örniga “TO'LOV KONTRAKT” degan sözni öqisangiz. Buning uçun esa, duo qilingki, işqilib Siz topşirgan OTMga harbiylarning farzandlari köproq topşirgan bölsin.

Barçaga omad tilayman!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek