Söxlik abituriyentlar uçun imtiyozli kvotalar taqsimoti

Matn7-iyul, 2022, 20:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​❗️Söxlik abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent

Farğona viloyatining Söx tumani yoşlari uçun bakalavriatning kunduzgi taʼlim şakli böyiça davlat granti asosidagi qöşimça qabul körsatkiçlarining OTMlar kesimida taqsimoti belgilandi.

❓Bu nima degani?

Söxda doimiy röyxatdan ötgan abituriyentlar birinçi yönaliş sifatida yuqoridagi röyxatda nomi keltirilgan 10 ta OTMni tanlaganda, ular avval özaro imtiyozli kvota içida faqat söxliklar bilan bellaşadi, imtiyozli kvotaga bali yetmay kira olmaganlar esa, keyin özining bali bilan umumiy tartibda barça bilan bellaşadi.

‼️Imtiyozli kvota faqat birinçi yönalişga qöllanadi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişni tanlaganda imtiyozli kvota qöllanmaydi.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Farğona davlat universitetida 158 ta grant kvotasi söxliklarga ajratilgan. FarDUga aytaylik, Söx tumanidan ming nafar abituriyent hujjat topşirdi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir matematika, kimdir yurisprudensiya, kimdir biologiya va h.k.

Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu ming nafar söxliklar töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 158 nafar söxlik abituriyent özi tanlagan yönalişlarga davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 842 nafar söxliklar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

Qöşimça kvota deganda, masalan, 180 ball olib FarDU yurisprudensiyasiga kirgan söxlik abituriyent imtiyozli kvota böyiça grantga çiqib ketadi, şu sababli Yurisprudensiyaga topşirgan va kontraktning eng yuqorisida turgan boşqa abituriyent grantga kötariladi.

❓Bu imtiyoz ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

❓Söxliklar boşqa OTMlarga hujjat topşirolmaydimi?

Bemalol topşira oladi, faqat qöşimça kvota 10 tadan boşqa OTMlarga berilmagan, boşqa OTMlarda umumiy, el qatori tanlovda qatnaşişlari mumkin.

❓Röyxatdan ötib bölganlar nima qilsin?

Agar söxliklar allaqaçon röyxatdan ötib bölgan va uşbu 10 ta OTMlarni birinçi yönaliş sifatida tanlamagan bölsa, unda agar xohlaşsa, 20-iyulga qadar (şu kuni ham) kunlari DTM saytidagi şaxsiy kabinetiga kirib, "Tahrirlash" tugmasini bosgan holda, tanlagan yönalişlarini qayta özgartirişlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek