Imtiyozli qöşimça kvotalar qöllaniş tartibi

Matn27-iyul, 2022, 15:181 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Imtiyozli qöşimça kvotalar qaysi yönalişga qöllanadi?
#abituriyent

JAVOB: faqat birinçi yönalişga (2 ta istisnodan taşqari).

Köpçilik şu savolni bermoqda. Xabaringiz bor, ayrim toifa abituriyentlar uçun umumiy kvotadan taşqari alohida kvotaga tanlov böladi. Masalan, harbiy tavsiyanoma olganlar, harbiylarning farzandlari, tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar, Söxlik abituriyentlar, nogironligi bor yoki Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari va h.k.

Uşbu kvotalar qaysi yönalişga ötadi? Tanlagan beşta yönalişga ham qöllanadimi yoki faqat birinçigami?

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan OTM öqişga kiriş uçun qöşimça qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bölgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat özlari tanlagan birinçi bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etişi belgilandi.

✅ Bunda nogironligi bölgan şaxslar va ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Yaʼni mazkur imtiyozlar beşta taʼlim yönalişi uçun ham örinli.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Maktab formasi 2025-yildan majburiy böladi

    11 daqiqa

  2. Bugun OTMlarga qabulning oxirgi kuni

    01 daqiqa

Yana oʻqing