Bugun OTMlarga qabulning oxirgi kuni

Matn27-iyul, 2022, 10:001 daqiqa0 koʻrish

Bugun qabulning oxirgi kuni!

Bugun, 27-iyul kuni soat 23:59-da qabul yopiladi. Şu vaqtdan boşlab, yönaliş tanlaş, tanlangan yönalişlarni boşqasiga özgartiriş imkoni bölmaydi.

Şu sababli hozirdan harakatingizni qiling. Hali bir qarorga kelmagan bölsangiz, qayerga topşirişni tezroq hal qiling. Köpçilikka tekkan kasal — hammasini ooooxiriga taqab oboradi va sönggi soatlarda odam köpligidan kutilmagan ayrim texnik nosozliklar çiqib qoladi. Hozir DTM sayti bir maromda işlab turibdi, şu sababli bugun vaqtliroq topşirib, tölovni ham öz vaqtida qilib qöying.

DTM maʼlumotlariga köra, 26-iyul soat 18:00 holatiga röyxatdan ötgan va yönaliş tanlagan abituriyentlar soni 1 mln 118 ming 422 nafarni taşkil qilmoqda. Bugunning hisobiga hali bu raqam yanada ortişi mumkin. Ötgan yili jami 948 ming 211 nafar abituriyent hujjat topşirgandi. Demak, joriy yilda abituriyentlar soni ötgan yilgiga qaraganda 200 mingdan köproq bölsa kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Rasmiy bayonot

    12 daqiqa

Yana oʻqing