Maktab formasi 2025-yildan majburiy böladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan⚡️RASMAN: maktab formasi 2025-yildan majburiy böladi. Römol öraşga ruxsat beriladi
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov yagona maktab formasi böyiça bayonot berdi. Unda aytilgan muhim gaplar:
Birinçidan, moslaşuv jarayonini hisobga olib yagona maktab formasi 2025-yilgaça bosqiçma-bosqiç joriy etib boriladi.
Yaʼni, 2022-yil sentabr oyidan ota-onalarga yagona maktab formasini xarid qiliş majburiy talab sifatida qöyilmaydi va formani hali xarid qilmagan öquvçilarga nisbatan heç qanday eʼtirozlar bildirilmaydi.
Ikkinçidan, milliy qadriyatlarimizni inobatga olib öquvçi-qizlarimizning maktabga oçiq rangdagi milliy römolni boşning orqa tomonidan öragan holda kelişlariga ruxsat beriladi.
Uçinçidan, öquvçi-qizlarning liboslari, yaʼni yubka va kofta yenglarining uzunligi borasida ham ayrim tuşunmovçiliklar bölmoqda.
Taʼkidlaş joiz, tasdiqlangan ölçamlarda eng minimal uzunlik belgilangan. Yaʼni öquvçi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirişga ruxsat beriladi, ammo belgilangan ölçamdan kalta bölişi mumkin emas.
Törtinçidan, mahalliy hokimliklar tomonidan kam taʼminlangan oilalarga mahalliy byudjetning qöşimça manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmalari mablağlari hisobidan maktab formasini sotib olinişiga kömak beriladi.
Şuningdek, maktab formasini tegişli tadbirkorlardan xarid qiliş böyiça maktab maʼmuriyati tomonidan majburlaş holatiga yöl qöyilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈




