Maktab formasi yangi öquv yilidan töliq joriy etiladi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan


Yangi öquv yilidan öquvçilar uçun maktab formasi töliq joriy etiladi
Hukumat qaroriga (271-son, 19.05.2022 y.) köra, 2022/2023 öquv yilidan, yaniqroği 2022-yil sentyar oyidan davlat maktablarida öquvçilar uçun maktab formasi töliq joriy etiladi.
Avvalroq bu jarayon 2024/2025 öquv yiliga qadar keçiktirilgan edi, öşa keçiktiriş bekor böldi. Buni köp çözib ötirmasdan, 2022-yil sentabrdan amalga kiritişga qaror qilişdi.
ÖzAning (@uzauz) xabar berişiça, 2022-yil 1-iyungaça hududlar kesimida 2022/2023 öquv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.
Kam taʼminlangan oilalar farzandlari uçun maktab formasi mahalliy budjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmalari mablağlari hisobidan sotib olinişida kömaklaşiladi.
Şuningdek, 2022-yil 10-avgustdan har bir tuman (şahar)da maktab formasi işlab çiquvçilarning savdo şoxobçalari taşkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👎 1307




