Yagona maktab formasini kiyiş tartibi va talablari

Matn16-avgust, 2018, 09:282 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

ESLATMA:

👉 2018/2019 öquv yilidan boşlab öquvçilarning uşbu maktab formalarida kelişlari ixtiyoriy;

👉 2019/2020 öquv yilidan boşlab esa majburiy hisoblanadi;

👉 Uşbu yagona maktab formasining şakllari xususiy maktablar, ixtisoslaştirilgan sanʼat va madaniyat maktablari va maktab-internatlari, ixtisoslaştirilgan olimpiya zahiralari maktablari va maktab-internatlari uçun tatbiq etilmaydi;

👉 Öquvçilar tomonidan maktab formasini kiyişda quyidagi talablarga rioya etilişi lozim:

- kiyimlarning öta tor yoki öta keng biçimda bölmasligi;
- qizlar uçun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 sm pastda bölişi;
- öğil bolalar uçun şimning uzunligi oyoq töpiğidan pastda bölişi;
- oyoq kiyimlar poşnasining 3 santimetrdan baland bölmasligi;
- köylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan taşqari boşqa tugmalarning qadalgan bölişi;
- kiyimlarning toza va dazmollangan bölişi.

👉 Öquvçilar taʼlim muassasasi binosi içida boş kiyimsiz yurişlari lozim, taʼlim muassasasida ötkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno;

👉 Özbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy örta taʼlim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan öquvçilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvçi elementlarni (hijob, kipa, kaşaya, xoç va boşqalar) qöşişga yöl qöyilmaydi;

👉 Ob-havo şaroitidan kelib çiqib, öquvçilar maktab formasining nimçasini yoki kostyumini, köylakning yengi uzun yoki kalta şaklini ixtiyoriy ravişda kiyişlari mumkin. Şuningdek, qişki öqiş davrida öquvçi qizlarga yagona maktab formasiga mos şim kiyişga ruxsat beriladi;

👉 Öquvçilarning maktab formasini kiyiş tartibiga rioya qilmaslik taʼlim muassasasining içki tartib-qoidalarini buziş deb baholanadi va bunday öquvçilarga quyidagi çoralar qöllanişi mumkin:

- ogohlantiriş;
- kundalik daftariga qayd etiş;
- tuşuntiriş işlarini olib boriş uçun ota-onasini xabardor qiliş;
- fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va taʼlim muassasasidagi yiğilişlarda ota-onalar iştirokida muhokama qiliş.

Asos: Davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 7-11-sinflar uçun yagona maktab formalari

    01 daqiqa

  2. Jizzaxdagi YTHda Qurʼon kitobi omon qoldi

    01 daqiqa

Yana oʻqing