Musulmonlar idorasi maktab formasi böyiça taklif berdi
“Umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi NIZOM”ning 9-bandiga Özbekiston musulmonlar idorasining MUNOSABATI
Allohga şukrki, mamlakatimizda inson manfaatlarini taʼminlaş, aholining talab va ehtiyojlarini qondiriş islohotlarning boş mezoniga aylandi. Diyorimizda diniy sohada amalga oşirilayotgan xayrli işlar tahsinga sazovorki, özgarişlar va yengilliklardan yurtdoşlarimiz juda ham mamnun. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan xalqimiz qon-qoniga singib ketgan Islom dini qadriyatlariga berilayotgan ulkan eʼtibor mömin-musulmonlarni çeksiz quvontirmoqda.
Şu kunlarda regulation.gov.uz saytiga joylaştirilgan “Umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi NIZOM”ni xalqimiz talab va istaklariga mos şaklda bölişi nuqtai nazaridan fuqarolar, mutaxassislar va keng jamoatçilik vakillari tomonidan fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
Özbekiston musulmonlari idorasi muhokamaga qöyilgan uşbu NIZOMning 9-bandidagi “Öquvçilar taʼlim muassasasi binosi içida boş kiyimsiz yurişlari lozim” jumlani çuqur mulohaza qilib, xususan, qiz bola bölgan maktab öquvçilarini römolda yurişlari masalasida Diniy idoraga juda köp murojaatlar bölayotgani sababli Islom dinida bayon etilgan masalalarga asoslangan holda vijdon va eʼtiqod erkinligi borasidagi qonun hujjatlariga tayanib, mazkur bandni quyidagiça bayon etişni taklif etadi:
“Öquvçilarning taʼlim muassasasi binosi içida boş kiyimda yoki boş kiyimsiz yurişlari ixtiyoriydir”.
Şunday ifoda qilinsa, milliy va diniy qadriyatlarimizni hurmat etişga, xalqimizni rozi qilişga va mazkur masalaga huquqiy yeçim topişga erişgan bölamiz, inşoalloh.
Özligimizga nazar solsak ham, zaminimizda ayol-qizlarning römol örab yurişi qadim-qadimdan diyorimizda amal qilib kelinayotgan milliy urf-odat ekani va ularning satri avrat talablariga mos kiyinişlari esa ibo-hayo, or-nomus ifodasi ekani maʼlum böladi. Buyuk tariximizda şoira-yu adibalar Uvaysiy, Nodirabegim, maşhur faqiha Fotimai Samarqandiya, uluğ allomalar Imom Buxoriy va Bahouddin Naqşbandning volidai muhtaramalari ilmu maʼrifatda, ibo-hayoda ayol-qizlarimizga örnak, millatimizga faxr-iftixor bölgan mötabar momolarimiz ham öz davrida römol örab, şarqona odob bilan yurişgani hammaga maʼlum.
Demakki, römol qadim-qadimdan milliyligimiz, özligimizning ham ajralmas qismi bölgan. Şu nuqtai nazardan, hozirgi kunda ona siymosi tasvirlanganda sipo kiyingan, yengi uzun, satr avrati yopiq, boşiga avval kiçkina römol öragan, ustidan katta römolini yelkalari uzra taşlab olgan ayol siymosi gavdalantiriladi.
Biz muhokama etilayotgan masalada milliy döppi, yoz va qiş mavsumlarida kiyiladigan boş kiyimlar haqida töxtalib ötirmadik. Çunki, biz masalaning eng dolzarb va nozik jihati haqida söz yuritdik.
Tahlillar şuni körsatdiki, mazkur bandga xalqimiz tomonidan eng köp fikr-mulohaza bildirilib, taklif va tavsiyalar taqdim etildi. Demak, mamlakatimiz aholisining aksariyati bildirilgan talab va istaklarini ijobiy hal etilişini intizorlik bilan kutişmoqda.
Bayon etilganlardan kelib çiqib, taraqqiyotimizning yangi bosqiçida, respublikamizda xalqqa xizmat qiliş va uni rozi qiliş oliy maqsad ekanini eʼtiborga olib, mazkur masalani fuqarolarimiz istagan şaklda ijobiy hal etilişini Özbekiston musulmonlari idorasi umid qiladi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati



