Talabalarga akademik taʼtil berişning yangi tartibi
Talabaga oilasining betob aʼzosini parvariş qiliş uçun ham akademik taʼtil beriladigan böldi
Hukumatning tegişli qarori (344-son, 03.06.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil beriş töğrisidagi yangi nizom tasdiqlandi.
Yangi Nizomga köra, endilikda talabaga oilasining betob aʼzosini parvariş qiliş uçun ham akademik taʼtil berilişi mumkin. Bunda talabaning oila aʼzosi deb otasi, onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar, turmuş örtoği, farzandi eʼtirof etiladi.
Avvalroq Oliy taʼlim vazirligi eʼlon qilgan loyihada aka-ukasi, opa-singlisi uçun ham akademik taʼtil oliş taklif qilingandi, ammo negadir bu taklif tasdiqlanmabdi.
Yangi Nizomda xuddi avvalgisi kabi akademik taʼtil olişning quyidagi asoslari saqlanib qolgan:
➖ harbiy xizmatni ötaş uçun;
➖ salomatligini tiklaş uçun;
➖ homiladorlik va tuğiş uçun;
➖ bolalarni parvariş qiliş uçun.
Yangi Nizomda:
✅ talabalarga öz ixtiyoriga köra akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat şakliga ötkazib (agar OTMda bunday şakllar mavjud bölsa), uzluksiz mustaqil taʼlim oliş imkoniyati yaratildi;
✅ talabalarga öqiş davomida akademik taʼtil berilişi böyiça miqdoriy çeklovlar bekor qilindi;
✅ akademik taʼtildan qaytgan talabalarni ilgari özlaştirilgan fanlar böyiça qaytadan öqitiş amaliyoti bekor qilindi.
Şuningdek:
❌ akademik taʼtil beriş talabani OTMdan çetlaştiriş hisoblanmaydi;
❌ akademik taʼtilning muddati tamom bölgandan söng talabaning öqişga qaytiş haqidagi arizasi asossiz ravişda rad etişga yöl qöyilmaydi;
❌ Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar tölanmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

