Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Musulmonlar idorasi yöl harakati qoidalari böyiça fatvo berdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

❗️Fatvo: Maşinada yuqori tezlikda harakatlaniş oqibatida vafot etgan haydovçi öz joniga qasd qilgan maqomida böladi

Özbekiston Musulmonlari idorasi yöl harakati qoidalariga rioya qilişga doir fatvo eʼlon qildi.

Fatvoga köra:

☑️ yöl harakati qoidalariga amal qiliş şarʼan vojib amal hisoblanadi. Musulmonlar uşbu qoidalarga eʼtiqodan va qunt bilan amal qilişlari kerak;

☑️ ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanişi oqibatida röy bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovçi şarʼiy jihatdan haddidan oşgan va öz joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.

☑️ yöl harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bölmagan şaxslarning transport vositasini boşqarişi joiz emas;

☑️ yöl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boşqariş şarʼan joiz emas;

☑️ transport vositasi yölga yaroqli bölmagan holatda undan foydalaniş şarʼan man etiladi;

☑️ yöl jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yöl harakati iştirokçilari özaro odob va madaniyat bilan munosabatda bölişlari, boşqalarga xalaqit berişdan, qöpol söz va xatti-harakatlardan saqlanişlari lozim.

“Musulmon kişini yöl harakati qoidalari, odob va madaniyatlariga amal qilişi kuzatuv kameralari yoki yöl harakati havfsizligi bölinmalari xodimlari nazorat qilayotgani uçun emas, balki amaldagi yöl harakati qonun-qoidalariga amal qiliş – Islom şariatining talabi deb eʼtiqod qilgan holda bajarişi kerak. Şunda yölda yuriş ham ibodatga aylanadi. Vallohu aʼlam”, - deyiladi fatvoda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek