Yölovçilar xavfsizlik kamari uçun jarimaga tortiladimi

Albom20-aprel, 2022, 10:303 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓1-maydan old örindiqdagi yölovçilar ham xavfsizlik kamarini taqişga majbur böldi. Bunga rioya qilmasa, kim jarimaga tortiladi, yölovçimi yoki haydovçi?

✅ JAVOB: Old örindiqdagi yölovçi xavfsizlik kamari taqmasa, jarima öşa yölovçiga qaratiladi. Jarima miqdori yarim “minimalka”, yaʼni 135 ming söm.

Bu haqda AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida podpolkovnik Aziz Rahmatullayev javob berdi.

❗️TÖLDIRIŞ: Ammo bu javob çala. Hozirda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda old örindiqda ötirgan yölovçi xavfsizlik kamari taqmagani uçun heç qanday javobgarlik yöq. MJtKning 125-moddasi 1-qismida faqat haydovçi uçun javobgarlik nazarda tutilgan.

Toki kodeksga özgariş kirmaguniga qadar old örinda ötirgan va xavfsizlik kamari taqmagan yölovçilarga jarima qöllaş noqonuniy hisoblanadi.

‼️ Bu bilan kamar taqmasangiz ham böladi, demoqçi emasmiz, aslo. Şunçaki öz huquqingizni bilib qöysangiz, zarar qilmaydi.

Ammo jarima bor yoki yöqligidan qatʼi nazar, öz hayotingiz xavfsizligi uçun albatta kamar taqing.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1343
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek