BÖSM direktorlarining işdan böşatilişi qonuniymi

Matn4-iyun, 2021, 11:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Bolalar-ösmirlar sport maktablari direktorlarining işdan böşatilişi qançalik töğri?

Menga kelgan murojaatlarga qaraganda, yangi taşkil etilgan Turizm va sport vazirligi tizimdagi bolalar-ösmirlar sport maktablari direktorlariga ogohlantiriş xatlari yuborgan hamda ular bilan mehnat şartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinçi qismi 6-bandiga asosan bekor qilinişi maʼlum qilingan.

❗️Maʼlumot uçun, Mehnat kodeksining mazkur qoidasi korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi mulkdorning almaşişi sababli bekor qilinişini anglatadi.

Xöş, BÖSMlarning mulkdori almaşdimi?

Prezidentning şu yil 6-apreldagi PF-6199-sonli farmoni bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi negizida Turizm va sport vazirligi taşkil etildi. Yangi vazirlik Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining huquqiy vorisi etib belgilandi.

Fuqarolik kodeksiga köra, uşbu holat korxonaning qayta taşkil etilişi deb hisoblanadi.

Mulkdor almaşişi va korxonaning qayta taşkil etilişi, bu umuman boşqa-boşqa tuşunçalar. Mulkdor almaşişi odatda korxonaning sotilişi yoki meros tarzida boşqa şaxsga ötişi ortidan yuzaga keladi (qarang: Fuqarolik kodeksining 489 — 511, 1112 — 1159-moddalari).

Mehnat kodeksining 98-moddasi 3-qismiga köra, korxonaning bir organ böysunuvidan boşqa organ böysunuviga ötkazilişi mehnat şartnomasining amal qilişini töxtatmaydi.

Şuningdek, Oliy Sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli «Sudlar tomonidan mehnat şartnomasi (kontrakti)ni bekor qilişni tartibga soluvçi qonunlarning qöllanilişi haqida»gi qarorining 40-bandi ikkinçi xatboşida korxona rahbari bilan mehnat şartnomasi MK 100-moddasi 2-qismining 6-bandiga köra bekor qilinişi bilan boğliq nizolarni hal qilişda sud haqiqatda korxona egasi almaşgan-almaşmaganini aniqlaşi zarur. Davlat korxonasining böysuniş tizimi özgarişini mulkdor almaşuvi deb qarab bölmaydi, deyiladi.

Yana bir jihatga alohida eʼtibor qaratiş zarur. Prezidentning 2021-yil 6-apreldagi 5054-son qarori bilan Turizm va sport vazirligining taşkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy taşkilotlari tuzilmasi tasdiqlangan. Ammo, mazkur hujjatda ham BÖSM direktorlarining işdan böşatilişini nazarda tutuvçi qoida aks etmagan.

Qanday yöl tutmoq kerak?

Xulosa qilib aytiş mumkinki, ikki davlat taşkilotining birlaşişidan tuzilgan yangi vazirlikning BÖSM direktorlariga nisbatan tutayotgan bu yöli qonunlarga muvofiq emas. Vazirlik darhol maktab direktorlariga berilgan ogohlantiriş xatlarini çaqirtirib olişi töğri böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek