Özbekistonda sport sohasidagi davlat boşqaruvi tarixi

Matn21-fevral, 2022, 18:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Köçmançi sport...

Özbekiston mustaqillikka erişgandan buyon eng köp tuzilmaviy özgarişlarni boşidan keçirgan soha, menimça, bu sözsiz — sport sohasi bölsa kerak. Hali uyoqqa, hali buyoqqa, hali qömita, hali vazirlik, hali qöşilgan, hali ajralgan, xullas şu sohaning tayini yöq.

Keling, sport sohasidagi davlat boşqaruvi tarixiga qaraymiz.

Mustaqillikning ilk yillarida tizim Fizkultura va sport davlat komiteti tomonidan boşqarilgan.

1️⃣ 1992-yil 14-yanvar. Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi deb qayta nomlandi (Asos)

2️⃣ 2004-yil 27-sentabr. Madaniyat işlari vazirligi hamda sport sohasi birlaştirilib, Madaniyat va sport işlari vazirligi taşkil qilindi (Asos)

3️⃣ 2017-yil 15-fevral. Madaniyat va sport işlari vazirligi ikkiga ajratilib, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi taşkil qilindi (Asos)

4️⃣ 2018-yil 5-mart. Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taşkil qilindi (Asos)

5️⃣ 2021-yil 6-aprel. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi birlaştirilib, yangi Turizm va sport vazirligi taşkil etildi (Asos)

6️⃣ 2022-yil 18-fevral. Turizm va sport vazirligi yana ikkiga ajratilib, Sportni rivojlantiriş vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi taşkil etildi (Asos)

Körib turganingizdek, birgina sönggi 5 yilda sport boşqaruvi 4 marta (!) özgardi. Qömita böldi, vazirlik böldi, birlaştirildi, ajratildi. Xodimlarning asosiy umri va kuçi ham faqat mana şunaqa qayta taşkil qilişlaru, qoğozbozligu, byurokratiyada ötib ketyapti, şekilli. Tağin hayron bölamiz, nega sport bizda unça rivojlanmayapti deb.

Qiziq, keyingi özgariş nima bölarkin-a? Menimça, yana biror vazirlik bilan qöşvorişadi. Masalan, Yoşlar va sport vazirligi yoki Taʼlim va sport vazirligi. E, yana kim bilsin, balki Qişloq xöjaligi va sport vazirligi bölib ketar. Bilib böladimi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1423
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratildi

    01 daqiqa

Yana oʻqing