Qaysi vazirliklarni tugatiş kerak: sörovnoma natijalari

Matn24-noyabr, 2021, 14:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Ovoz beruvçilarning 57,7 foizi Mahalla vazirligini tugatiş kerak, degan fikrda

Yodingizda bölsa, Hukumatni ixçamlaştiriş mavzusidagi muhokamalar doirasida kanalim orqali bir sörovnoma taşkil qilgan edim. Unda yurtimizdagi naq 24 ta (!) vazirlikdan qaysi birini tugatiş, qaysilarini esa qöşib yuboriş kerak, deya yuzlangandik. Sörovnomada jami 4 ming 648 nafar respondent iştirok etdi.

Natijalarga eʼtibor qaratsak, ovoz beruvçilarning mutloq köpçiligi, aniqroği 57,7%i Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligini tugatiş kerak, degan fikrda. Şuningdek, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi (46,8%) hamda Innovatsion rivojlaniş vazirligi (43,1%)ga ham tugatiş kerak degan ovozlar köp berilgan.

Berilgan ovozlarga qarasak, 6 ta vazirlik boşqalariga qaraganda sezilarli ravişda kam ovoz töplaşgan. Yaʼni ovoz beruvçilarning katta qismi Mudofaa (1,1%), Soğliqni saqlaş (1,5%), Taşqi işlar (1,7%), Moliya (1,9%), Içki işlar (2%) va Adliya (2,2%) vazirliklari albatta bölişi kerak, deb hisoblaydi.

Ovoz beruvçilarning 7,3 foizi esa heç qaysi vazirlikni tugatiş kerak emas, 24 tasi qolaversin, degan fikrda bölgan.

Quyidagi röyxatda tugatilişi haqida eng köp ovoz olgan vazirliklar röyxatini körişingiz mumkin:

1. Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi 57,7%
2. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi 46,8%
3. Innovatsion rivojlaniş vazirligi 43,1%
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi 41%
5. Suv xöjaligi vazirligi 34,9%
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 29,9%
7. Quriliş vazirligi 27%
8. Maktabgaça taʼlim vazirligi 24,7%
9. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi 21%
10. Turizm va sport vazirligi 20,9%
11. Madaniyat vazirligi 20%
12. Transport vazirligi 17,9%
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi 14,7%
14. Energetika vazirligi 13,6%
15. Qişloq xöjaligi vazirligi 12,4%
16. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi 10,6%
17. Xalq taʼlimi vazirligi 7,7%
18. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7,5%
19. Adliya vazirligi 2,2%
20. Içki işlar vazirligi 2%
21. Moliya vazirligi 1,9%
22. Taşqi işlar vazirligi 1,7%
23. Soğliqni saqlaş vazirligi 1,5%
24. Mudofaa vazirligi 1,1%

Tez orada sörovnomamizning ikkinçi qismi, yaʼni qaysi vazirliklarni bir-biriga qöşib yuboriş kerak, degan savol böyiça natijalarni eʼlon qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Metsenat.uz loyihasi bir yoshga to‘ldi

    01 daqiqa

  2. Şoxyuz ismli bolakay bilan qiziqarli suhbat

    01 daqiqa

Yana oʻqing