Şavkat Mirziyoyev kutilmaganda 41-maktabga taşrif buyurdi
Xushnudbek.uzAlbom4 daqiqa0tahrirlanganŞavkat Mirziyoyev: “Özimga köp xulosa qilib ketyapman"
Oldindan belgilangan marşrut özgarib, Prezident kutilmaganda umuman boşqa tomonlarni aylanişni boşladi. “Versal” töyxonasi orqasida 41-maktab bor ekan. Öşa yerga kiriladigan böldi. Masʼullarning hovliqqança yugurişini köring endi.
Dastlab maktabning orqa tomonidan kirilgani uçun heç kim yöq binoga kirib, adaşib ham qoldik.
Tezda maktab direktorini topib kelişdi. Direktor opa nima bölayotganini tuşunmay qoldi. Ertalab uyidan maktabimga Prezident keladi, deb çiqmagani aniq.
Prezident dastlab sport zali, keyin oşxonaga kirdi. Şaroit juda unaqa yomon emasu, lekin maqtab ham bölmaydi. Sport zalda 5-sinf öquvçilarining darsi ekan. Öquvçi bolalarning hayajoni yuzidan körinib turibdi.
Şavkat Mirziyoyev sport va umumiy ovqatlaniş yönalişida masʼullarga topşiriqlar berdi.
Bitta joyi şaxsan menga yoqdi. Prezident Boş vazirga qarata: “Tağin kamçiliklar uçun darrov direktorga yopişmanglar, uni aybi yöq. Aslida biz ularga tizim qilib berişimiz kerak” dedi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2








