Maktab taʼlimini rivojlantiriş böyiça videoselektor
Şavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimini rivojlantiriş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Prezident maktablardagi taʼlim sifati va mazmuniga ham keskin baho berdi.
Xususan, foydalanib kelinayotgan taʼlim standartlari, öquv dasturlari faqatgina nazariy bilim berişga yönaltirilgan bölib, ularni mantiqiy fikrlaşga, amaliy könikmalarni şakllantiriş, bir söz bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlaşga örgatmayotgani qayd etildi.
Şu bilan birga, bugungi kunda 504 ming pedagogdan 12 foizi örta maxsus maʼlumotli, 38 foizida esa umuman malaka toifasi yöq.
"Bu pedagoglarning dars ötiş mahorati yetarli emas. Ular öquvçilarga faqatgina özi "çala bilgan” narsalarni örgata oladi, xolos. Sababi, öqituvçilarning özining ustida mustaqil işlaş va rağbatlantirişning samarali tizimi yaratilmagan. Öqituvçi sifatli dars ötişga emas, “köproq soat oliş”ga intiladi", dedi Prezident.
Maktablarda hanuzgaça 200 dan ortiq hisobot mavjud.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1325


