Pedagoglar uçun yangi sertifikatlaş tizimi joriy etildi

Video22-aprel, 2022, 19:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoğini kengaytiriş töğrisidagi farmonga binoan, agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi etib qayta nomlandi.

Markaz tomonidan pedagog kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholaşni barça talabgorlar uçun şartnoma asosida amalga oşiriş belgilandi.

Markaz tomonidan pedagog kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholaş natijasi böyiça 2 yil muddat davomida amal qiluvçi “Ilğor öqituvçi”, “Ustoz öqituvçi” hamda “Professional öqituvçi” darajali sertifikatlar beriladi. Sertifikat olgan pedagog kadrlar malaka toifasidan qatʼi nazar işga qabul qiliniş huquqiga ega böladi.

Ayni paytda Prezident taʼlim muassasalari agentligi yangi taşkil etilgan ixtisoslaştirilgan maktablarga pedagoglarni işga qabul qilmoqda.

Hujjatlarni job.piima.uz sayti orqali yuboriş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 358
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek