Taʼlim tizimini rivojlantirişga oid farmon loyihasi eʼlon qilindi
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim tizimini yanada rivojlantirişga oid katta farmon loyihasi eʼlon qilindi
https://regulation.gov.uz/ru/document/23678
Unda jumladan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
➖ Toşkent va Nukus şahri hamda viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti past bölgan maktablar tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga işonçli boşqaruvga beriladi;
➖ öquvçilari xalqaro fan olimpiadalarida ğoliblik (oltin, kumuş, bronza medali)ni qölga kiritgan pedagoglarga töğridan-töğri oliy malaka toifasi beriladi;
➖ umumtaʼlim muassasalari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boşlab sinf (guruh) rahbarligi uçun tölovlar 1,5 baravarga oşiriladi;
➖ 2021-yil 1-apreldan boşlab hududiy xalq taʼlimi bölinmalari metodistlarining iş haqi miqdori oliy toifali öqituvçining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglaştiriladi;
➖ 2024/2025 öquv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erişgan pedagoglarning oylik maoşi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 15 baravarigaça bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi;
➖ Maktab bitiruvçilarining öqişga kiriş hamda işga joylaşiş körsatkiçlari asosida maktabning rahbar xodimlarini turli miqdorlarda rağbatlantiriş yölga qöyiladi;
➖ maktab, kollej, litsey bitiruvçilarining şahodatnomasi (diplom ilovasi)dagi majburiy 11 yillik taʼlimning sönggi 6 yillik baholarining örtaça körsatkiçi kiritiladi va uşbu körsatkiç OTMga kiriş imtihonlarida inobatga olinadi;
➖2021-yil 1-yanvardan boşlab maktab direktorlarini lavozimga tayinlaş, ularga nisbatan intizomiy jazo qöllaş hamda iş beruvçining taşabbusiga köra lavozimidan ozod etiş tegişli xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlari bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.
Va boşqa şu kabi özgarişlar taklif etilmoqda. Loyiha bilan tanişib, öz taklif-mulohazalaringizni qoldiring.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

