Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi
Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanibdi. Bu hammaga taalluqlimi?
Bugun «Huquqiy axborot» kanalida pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilangani haqida xabar çiqdi.
Xabarda aytilişiça, qarorga muvofiq, boşqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilangan:
• maktabda işlagan davri 6 oydan 3 yilgaça – 10%;
• 3 yildan 5 yilgaça – 20%;
• 5 yildan 10 yilgaça – 30%;
• 10 yildan 15 yilgaça – 40%;
• 15 yildan ortiq – 50%.
Şuningdek, xabarga ustama belgilanadigan hududlar röyxati ilova qilingan:
https://bit.ly/2XBH5hM
Köpçilik, uşbu xabardan söng, "barça pedagoglarga ustama belgilandimi?" deya söraşmoqda. Menimça, bu ustama barçaga taalluqli emas.
Maxsus ustama faqat röyxatda nomi keltirilgan mahalla va ovul fuqarolar yiğinidagi maktablarga boşqa hududdan kelib dars bergan pedagoglargagina qöşiladi. Şu hududning özida yaşaydigan pedagoglarga yoki röyxatda nomi qayd etilmagan hududdagi maktablarda işlaydiganlarga bunday maxsus ustama berilmaydi.
"Menimça" deb taxmin bilan gapirayotganimning sababi, hali qarorning özi bilan taniş emasman, şuning uçun aniq ayta olmayman.
Adliya xabarida qarorni kim va qaçon qabul qilgani (VM qarori bölsa kerak), bu özgariş qaçondan kuçga kirişi haqida maʼlumot berilmagan.
👉 @xushnudbek 👈

