Boriga baraka körsatuvi qonuniymi

Matn8-iyun, 2019, 12:363 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Boriga baraka» körsatuvi qonuniymi?»

Kun.uz saytida huquqşunos Dilşod Abduqodirovning şu nomdagi maqolasi eʼlon qilinibdi.

👉 https://kun.uz/news/2019/06/07/boriga-baraka-korsatuvi-qonuniymi

Muallif öz maqolasida TV orqali berilayotgan bu kabi şoularga diniy tomondan, yaʼni halol yoki haromligi haqida emas, balki Özbekiston qonunlarida belgilangan qoidalar böyiça tahlil qilgan.

Huquqşunos sifatida muallifning barça fikrlariga qöşilaman. Haqiqatdan «Boriga baraka» körsatuvi qonunçilikda taqiqlangan qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlar elementlariga ega va bu jinoiy javobgarlikni keltirib çiqarişi mumkin. Ayniqsa, maqolaning mana bu qismi muhim:

«Boriga baraka» qonuniy tomondan ham qimorga oid unsurlarga ega

Endi tanganing ikkinçi tomoniga ötamiz. «Boriga baraka» dasturi şu yönalişdagi barça körsatuvlar orasida qimorga xos eng köp elementga ega öyin hisoblanadi.

Çunki öz navbatida faqat uşbu körsatuvdagina iştirokçi böliş uçun Click va Paynet orqali alohida 5 ming sömlik tölov ham joriy qilingan. Qolgan körsatuvlar (şu jumladan «Boriga baraka»ning özida ham) qatnaşiş uçun biror mahsulot (xizmat) sotib oliş talab etiladi. U yoki içimlik, yoki şirinlik sotib oliş, yoki suğurta kompaniyasi xizmatidan foydalaniş bölişi mumkin.

Yaʼni nazariy jihatdan körsatuvda qatnaşa olmasangiz ham, pulingizga kuyib qolmaysiz (SMS tarzida yuborilganda uşlab qolinadigan 70-80 sömni hisobga olmaganda). Sarflagan xarajatingiz evaziga biror mahsulot olgan bölasiz. Körsatuvda çiqiş esa göyoki Sizga isteʼmolçi sifatida bonus körinişida taqdim etiladi.

Muayyan tovarlar va xizmatlar isteʼmolçilari örtasida sotuvlarni rağbatlantiriş maqsadida, öyinda qatnaşganlik uçun qöşimça haq undirilmasdan ötkaziladigan pul-buyum yutuqlari öyinlarini töğri tuşuniş mumkin, çunki bundan közlangan asosiy maqsad – tovar yoki xizmatlarni reklama qilişdir. Faqat eng asosiysi uşbu aksiya qonunçilik talablariga rioya qilgan holda ötkazilişi va aksiya davomida mahsulot (xizmat)ning narxi avvalgidan sunʼiy kötarilmasligi şart.

Ammo «Boriga baraka» körsatuvi Click va Paynet orqali qabul qilayotgan 5 ming sömlik tölov evaziga fuqarolar heç narsa olişmaydi. Ularga heç qanday xizmat körsatilmaydi, heç qanday mahsulot berilmaydi. Agar omadi kelmasa, 10, 20, hatto 30 marta tölov qilganlar ham puliga şunçaki kuyib qolaverişadi. Puliga kuyib qolayotgan insonlarning soni minglab, ularning yöqotgan mablağlari esa, jami yuz millionlab summani taşkil qiliş ehtimoli ham yöq emas.

Aynan mana şu qimorning asosiy belgisidir. Tağin buni diniy atama bilan adaştirmang, biz qonunlar bilan taqiqlangan qimorni nazarda tutyapmiz.

Qanday jazo belgilangan?

Özbekistonda qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil qiliş taqiqlanganini bilib oldik, endi bunday xatti-harakatlar uçun qanday jazo berilişini ham aytib ketsak maqsadga muvofiq.

Bunday öyinlarni taşkil qilganlik uçun Jinoyat kodeksining 278-moddasiga binoan, töğridan-töğri jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Unga köra, qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni qonunga xilof ravişda taşkil etiş yoki ötkaziş yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi», - deyiladi maqolada.

«Gapning indallosini aytganda, agar uşbu körsatuvlar haqiqatdan qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyin deb topilsa, unda tegişli çoralar körilişi, aksinça, bunday deb topilmasa, unda qaysi asoslarga köra, şunday mazmundagi xulosaga kelinganini keng jamoatçilikka maʼlum qilişlarini sörab qolamiz», - deya maqolaga yakun yasalgan.

Kun.uz tahririyati esa "mazkur maqolada taʼkidlangan fikrlar yuzasidan har qanday munosabatni sayt orqali eʼlon qilişga, oçiq muloqotga tayyormiz", debdi. Qani, köramiz, ZörTV telekanali rahbarlari bunga qanday munosabat bildirişar ekan.

Ekran orqali oçiqçasiga qimor körsatilsa va qonunçilikda taqiqlangan bölsa, har holda bu masala şunday qolmasligi kerak.

❗️Maʼlumot uçun: Özbekiston qonunçiligida lotereya öyinlariga ruxsat berilgan va bu qonunga xilof emas. Ammo lotereyaning ham öz şartlari va qoidalari mavjud. «Boriga baraka» körsatuvi lotereya hisoblanmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek