FHDY arxiv maʼlumotnomalari DXM orqali beriladi

Matn7-iyun, 2019, 12:412 daqiqa0 koʻrish

Toşkent şahrida FHDY haqidagi arxiv maʼlumotnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi

Fuqarolarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida Toşkent şahrida jismoniy şaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDY) haqidagi (tuğiliş, nikoh, nikohdan ajraliş, ölim, yolğiz ona, otalikni belgilaş, maʼlumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boşqa) arxiv maʼlumotnomalarni beriş Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladi. Hozirça xizmat faqat Toşkent şahrida amalga oşirilmoqda, qolgan hududlarda işga tuşiriş uçun bosqiçma-bosqiç işlar ketmoqda.

Bugundan, yaʼni 7-iyundan boşlab murojaatçilar mazkur davlat xizmatidan eksterritorial tamoyil asosida – propiskasidan qatʼi nazar özlariga qulay bölgan, istalgan DXMlarga kelgan holda foydalanişlari mumkin.

Davlat xizmatidan foydalaniş uçun töldiriladigan sörovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
• pasport yoki şaxsini tasdiqlovçi boşqa hujjat nusxasi;
• ariza beruvçi işonçnoma asosida harakat qilayotganda – işonçnoma nusxasi;
• ariza beruvçining marhumga qarindoşligini tasdiqlovçi hujjatlari;
• ariza beruvçi vasiyatnomaga asosan merosxör bölganda — vasiyatnoma va marhumning ölimi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvçi qonuniy vakil bölsa – uni tasdiqlovçi hujjat nusxasi.

Ariza beruvçi taqdim etgan hujjat nusxalari DXM xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinadi.

Davlat xizmatini körsatganlik uçun EKIH 5 foizi miqdorida (bugungi kunda 10 ming söm) yiğim undiriladi.

❗️Eʼtibor bering: agar arxivdan FHDYOga oid maʼlumotlar kerak bölsa, davlat xizmatlari markaziga borasiz. Agar ilk marotaba FHDY hujjatlarini olmoqçi bölsangiz (masalan, yangi tuğilgan farzandingizga tuğilganlik haqida guvohnoma oliş uçun), unda FHDY organlariga borasiz. Adaştirib qöymang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek