Oliy taʼlimga oid maʼlumotnomalarni onlayn oliş tartibi
Oliy taʼlimga oid maʼlumotnomalarni onlayn oliş haqida
Metsenat.uz loyihasini boşlaganimizda talabalarning anketasiga talabalikni tasdiqlovçi maʼlumotnoma qismini ham qöşganmiz. Çunki bu maʼlumotnoma talabalik statusini tasdiqlovçi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Şunda köpçilik savol bilan murojaat qildi: hozir darslar onlayn bölayotgan bölsa, maʼlumotnoma olişimiz şartmi, bu ortiqça ovoragarçilikni keltirib çiqarmaydimi, deb.
Aslida bu ortiqça ovoragarçilik emas, sababi talabalikni tasdiqlovçi maʼlumotnomani Yagona portal orqali onlayn rejimda olsa ham böladi. Bu xizmat ança avval işga tuşirilgan va undan köplar foydalanib kelmoqda.
👉https://my.gov.uz/uz/service/view/323
Kuni keça yana bir onlayn xizmat işga tuşirildi. Endilikda fuqarolar oliy va örta maxsus taʼlim muassasasida öqiganlikni tasdiqlaş haqidagi arxiv maʼlumotnomasini ham onlayn olişlari mumkin böldi. Uşbu xizmat bepul körsatilib, beş kun mobaynida amalga oşiriladi.
👉https://my.gov.uz/uz/service/369
Soddaroq tuşuntirganda, birinçisi hozir öqiyotgan talabalar uçun maʼlumotnoma, ikkinçisi öqişni tugatganlar uçun arxiv maʼlumotnomasi.
Bu xizmatlardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali foydalaniladi.
👉 @xushnudbek 👈

