Milliy test tizimi uçun onlayn röyxatga oliş boşlandi

Matn5-dekabr, 2020, 12:302 daqiqa0 koʻrish

Milliy test tizimi uçun onlayn röyxatga oliş boşlandi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida 2020-yil 1-dekabrdan boşlab bosqiçma-bosqiç bakalavriat taʼlim yönalişlariga mos fanlar majmuasidagi umumtaʼlim fanlaridan biliş darajasini baholaşning milliy test tizimi joriy etilişi belgilangan, deya xabar bermoqda Davlat test markazi.

✅ Unga köra, umumtaʼlim fanlari böyiça sertifikatlaş quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

➖ 2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (özbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari böyiça;

➖ 2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari böyiça;

➖ 2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari böyiça.

👨🏻‍💻 2020-yil 1-dekabr kuni ona tili va adabiyot (özbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari böyiça talabgorlarni onlayn röyxatga oliş boşlandi.

📆 Talabgorlarni onlayn röyxatga oliş my.dtm.uz sayti orqali 20-dekabrga qadar davom etadi.

🔖 Qarorda test sinovida iştirok etiş uçun talabgordan bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari (334 ming 500 söm) miqdorida tölov undirilişi belgilangan.

⏳ Sertifikat test sinovi natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 60 foizini töplagan şaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

📌 2021-2022-öquv yili qabulidan boşlab tegişli umumtaʼlim fanini (çet tili bundan mustasno) biliş darajasi töğrisida davlat namunasidagi sertifikatga ega bölgan abituriyentga sertifikatdagi özlaştiriş foiziga mos ravişda OTM bakalavriatiga öqişga qabul qiliş böyiça test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek