Sirena va migalka örnatişga ruxsat berilgani yolğon

Foto4-dekabr, 2020, 18:391 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️«SIRENA» yoki «MIGALKA» örnatişga ruxsat berildi degan xabarlar yolğon

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yil 1-yanvardan «SIRENA» yoki yalt-yalt etuvçi çiroq-mayoqça «MIGALKA» örnatiş uçun 1 yiliga BXMning 50 foizi (1 431 660 söm) miqdorida pul tölab ruxsatnoma berilişi haqida xabarlar tarqaldi.

❌Ammo bu xabarlar yolğon.

Aniqroği xabarni tarqatganlar 30-noyabr kuni imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorini notöğri talqin qilişgan, yaʼni tuşunişmagan. Unda sirena va migalka örnatiş maşinani qayta jihozlaş deb hisoblanişi yozilgan xolos. Ruxsat berilgani töğrisida heç qanaqa gap yöq.

Boz ustiga bazaviy hisoblaş miqdorining 50%i 111,5 ming söm böladi. Qavs içidagi 1 431 660 söm miqdorni qayerdan olişgan, Xudo biladi.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 127-moddasiga binoan, maxsus ruxsat etilmagan maşinalardan boşqasiga sirena va migalkalar örnatganlik uçun 223 ming sömdan 669 ming sömgaça jarima solinadi.

IIV YHXBB ham bu xabarlarning feyk ekanligini maʼlum qildi.

Xabarlarga işonib qolmang!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek