Metsenat.uz loyihasida ilk stipendiya eʼlon qilindi

Matn4-dekabr, 2020, 11:301 daqiqa0 koʻrish

​​Metsenat.uz loyihasida ilk stipendiya eʼlon qilindi

Samarqand doim ilm-maʼrifat öçoği bölgan, bu heç birimizga sir emas.

Metsenat.uz loyihasini boşlayotgan paytimizda negadir iç-içimdan hokimliklar orasida aynan Samarqand birinçi taşabbus körsatişini könglim sezgandi. Amalda şunday böldi ham.

Samarqand viloyati hokimligi magistrlar uçun stipendiya eʼlon qildi. Ğolib bölgan 10 nafar magistrlarga 6 oy davomida 1 mln sömlik stipendiya beriladi.

Stipendiya dasturida Samarqandda joylaşgan OTMlarda davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida öqiyotgan magistrlar qatnaşişi mumkin.

👉 Batafsil: https://metsenat.uz/uz/grants/15?type=stipend

Viloyat hokimligi kelgusi maqsadlarni ham oldiga qöygan. Yaʼni ariza bergan, lekin ğolib böla olmagan magistrlar ham kadrlar zaxirasi sifatida reyestrga olinadi va şu yöl bilan yaxşi mutaxassislarni tanlab oliş uçun baza yaratiladi. Ajoyib!

Şu örinda qolgan hokimlarni ham taʼlimga köproq eʼtibor qaratişlariga, talabalarni qöllab-quvvatlaşlariga çorlab qolaman. Ayrim hokimlar xalqning pulini özining komforti uçun, şinam mebellaru, qimmat maşinalarga sarflayotgan bir paytda, mablağlarni taʼlimga yönaltiriş salkam inqilobiy qaror desa ham böladi.

Asosiysi - 400 mln sömlik hokimning maşinasi bilan jamiyat rivojlanib ketmaydi, ammo taʼlimga sarflangan pullar köp ötmay öz natijasini körsatadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek