Metsenat.uz loyihasi va taʼlimga investitsiya haqida

Video8-fevral, 2021, 22:046 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugungi matbuot anjumanida aytgan fikrlarimning videosi.

Metsenat.uz loyihasini boşlaganimizda könglimizda xavotir bor edi. Yurib ketarmikin, öxşarmikin, deb köp öylanganman. Lekin niyatimiz xolisligi uçun Öziga tavakkal qilib boşladik.

Hozirgaça Metsenat.uz platformasida 1677 nafar yoşlarga möljallangan 4 mlrd 990 mln sömlik grant va stipendiyalar eʼlon qilindi.

Şu örinda barça saxovatpeşa kompaniyalarga, tadbirkorlarga, taşkilot va idoralarga murojaat qilmoqçiman:

❗️Keling, mayli, balki köp bölmasa ham, imkoningiz yetganiça ehtiyojmand yoki iqtidorli talabalarning kontraktini tölaş uçun taşabbus körsating. Taʼlimga investitsiya tiking. Ilmni rağbatlantiring. Bu işingiz albatta jamiyat rivoji uçun hissa qöşadi, qaysidir xonadonlarga baxt va imkoniyat ulaşasiz.

Biz uşbu xayrli niyatingizni amalga oşirişda jon-jon deb yordam berişga tayyormiz. Bundan heç qanday moddiy manfaat közlamaganmiz, bunisidan xavotir olmasangiz ham böladi. Biz faqat homiylar va talabgorlar örtasida xolis köprik bölamiz xolos.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek